Maktab tarixi

Шовот туман халқ таъими бўлимига қарашли 20-умумий ўрта таълим мактаби тарихи

O’z tarixini bilmagan insonlar bugungi

kun haqida gapirishlari achinarlidir.

 

 makab oldi

KIRISH

Qishlog’imiz tarixi

(Dorichi, Chovdir eli, Voroshilov, Dushamobod atamalari haqida).

Donolar vatan ostonadan boshlanadi, mahallang kichik Vataning degan iboralarni behuda ishlatmas ekanlar. Inson yoshi o’tib, keksaya borgan sari o’zining tug’ilgan issiq oshiyoni, avlod ajdodlari, qarindosh urug’lari va el elati haqida zamin qadar ko’proq bilish, bilganlarini yozib avlodlarga meros qilib qoldirish haqida  o’ylar ekan. Biz ham qadrdon Dorichi qishlog’, mexnatkash farzandlarini ilmu urfon sari chorlayotgan 20 — son umumiy  o’rta ta’lim maktabi tarixi va bugungi hayoti haqida hikoya qilmoqchimiz. Negaki, Dorichi, Chovdir eli, Voroshilov, Dushamobod atamalari jismimiz va ruhiyatimizga singib ketgani bois aziz va nihoyat qadrdondir. Goh tinch, gohida g’alvali zamonlar o’tdi. Yoshini yashab, oshini oshab bo’lgan keksalar o’rnini navqiron avlod to’lg’aza bordi. Dorichi eli esa yillar, asrlarning qiyin sinovlariga mardona ko’krak kerib halol mehnatkash kishilarga issiq oshiyon bo’lib qolaverdi. Xonlik o’rniga Sho’ro hukumati, Sho’ro hukumati o’rniga mustaqil davlat qurildi. 20 — son umumta’lim o’rta maktabi savodxon avlodlar tarbiyalab xalq xo’jaligi rivojiga yo’llayverdi. Bizning nazarimizda ularning ibratli hayotini yoritish va kelgusi avlodlarga yetkazish ham qarz, ham farzdir. Dorichi elatining qibla ta’rafida Chovdirlar qavmi istiqomat qiladi. Chovdir eli turkman millatining bir tiyrasi bo’lib, ular qadim zamonlar – o’tgan XVII asrlardan beri yashab kelishayotganini keksalar hikoya qiladilar. Qozoqboy eshon, Eshvoy baxshi, Matyoz chovdir, Tog’on bobolar shu qavmning piri-komillari sifatida hurmat bilan ardoqlanib tilga olinadilar. Qozoqboy eshonqal’asi devorlari o’tgan asrning 50 yilarigacha saqlanib turardi. Keyin bu yerda dala shiyponi, shifoxona, qiroatxona, bolalar bog’chasi tashkil etildi, so’ngra maktab o’quvchilarining sog’lomlashtirish yozgi oromgohi faoliyat ko’rsatayapti. Tangadek ham quyosh nurlari tushmaydigan gujum daraxtlari tagida o’tirib, dam olishning o’zi kishiga ming bir rohat baxsh etardi. Bu maskan hozir ham obod qishloqning so’lim go’shalaridan biri hisoblanadi. 1991 yil Mustaqil O’zbekiston Respublikasi tashkil topdi. Tabiiyki, qishloq va maktablar nomlari o’zgartirila boshlandi. Uzoq yillar ‘Leninobod’ deb nomlanib kelingan qishloqqa “Chig’atoy qal’a” qishlog nomi berildi. Keyinchalik Voroshilov nomidan Lermontov nomiga o’zgartirilgan umumta’lim o’rta maktabi 20 — son umumta’lim o’rta maktabi deb atala boshlandi.  Mahallalar nomlari ham el ishida jonlarini fido qilgan elboshilar, ota — bobolar ardoqlab kelgan avvalgi nomlarga o’zgartirildi. Dorichi, Chovdir eli mahallalari o’z nomida qoldirildi.

Voroshilov mahallasiga kolxozda ishlab chiqarish sardori Dusham Qurbonov sharafiga Dushamobod nomi berildi. Shovot tumani hokimligining 1997 yil 20 aprel kungi 90- sonli qarori bunga yaqqol guvohdir.

Dorichi elatining geografik o’rni quyidagichadir. Xorazm viloyati Shovot tumani markazidan 6 kilometr g’arbda Shovot-Toshhovuz qishloq magistral yo’lining ikki tarafida Chig’atoyqal’a qishloqining Dorichi, Chovdir eli, Voroshilov uchastkalari joylashib, bu uchastkalar bugungi kunda Dushamobod (Guliston) mahallasi deb nomlanadi. Shimolda Shovot kanali, Janubda Davdon kollektori, garbda O’zbekiston qishloqining Eshonqal’a uchastkasi, Sharqda qal’a Yusufboy elati bilan chegaralanadi. Mahalla aholisi bir havodan nafas olib, bir manbaadan suv ichadi, to’y marakalarda, bayramu hasharlarda faol qatnashadi. Elat farzandlari 1980 yilgacha 20- son umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qib kelishgan. Hozirgi kunda aholi sonining o’sishi bilan mahalla kengayib, Davdon

kollektori janubida qoraqum etagida «Bo’ston» aholi punkti, 20 — son umumiy o’rta ta’lim maktabi bazasidan 44 — sonli, 1991 yildan 48- sonli umumiy o’rta ta’lim maktablari ajralib chiqdi.  20-son umumiy o’rta ta’lim maktabi tarixi, bugungi hayoti haqida quyida batafsilroq hikoya qilishga harakat etamiz.

 

ILM   SO’QMOQLARI   ORALAB.

 

Qishloqda qadimdan ta’lim — tarbiya ishlariga e’tibor kuchli bo’lgan. Ayniqsa xotin-qizlarga nisbatan hurmat va e’tibor katta bo’lgan. Ular masjid va madrasalarda ta’lim olib, ko’pincha otinoyi, xalfalik qilganlar.

Ta’lim tarbiya borasida Mulla Vais ismli kishining xayrli ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. U maktab ochib yoshlarga, shu jumladan qiz bolalarga ham   diniy va dunyoviy ilmlardan saboq bergan. Uning maktabi XVIII asr o’rtalari XIX asr boshlarida qo’shni turdosh madrasa maktablardan ancha ilgarilab ketgan.

Bu maktabning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri

   2 1- rasmSh. Najmiddinov

Bibijon halifa edi. U yoshlarga hazrati Alisher Navoiy, shoir Mashrab, So’fi Ollayor va Mahtumquli kabi shoirlarning g’azallari hamda «Nurnoma» bo’yicha ta’lim berar edi. O’zi ham bu kabi

g’azallarni ifodali o’qishga juda qiziqar va g’azallarni tinglagan o’quvchilar uning shirali ovozidan taskin topar edilar. Bibijonning savodxonligi va suhandonligi ko’pchilikni lol qoldirar edi. Bibijon xalifadan keyin Salima, Sharifa, Robiya, To’xtajon halifalar o’z ustozlari yo’lini davom ettirdilar.  Shu — shu bizning Dorichi elatida xotin — qizlar ma’rifat sari keng qanot yozib, ilmu savod yo’lida ardoqlanib e’zozlanadilar. Hozirda maktabimiz ziyolilarining deyarli sakson foizini xotin — qizlar tashkil etadi. Bu ham, bizning qishloqda,  ayollarning «zaifalar» sifatida kamsitilishiga barham berilib ularga bo’lgan hurmatni yuqoriligi natijasidir.

Shu o’rinda sho’ro davridagi ta’lim-tarbiya va ma’rifiy-ma’naviy sohalarga ham batafsil to’xtalib o’tamiz.

Ensiklopedik olim, akademik T.N. Qoriniyoziyning risolalari, ularda keltirilgan misollar maktablarda yoshlarga ta’lim- tarbiya berish, ularga ilmu-savod o’rgatishda muhim manbaa bo’lib xizmat qilgan. Shermat ota Najmiddinov (1-rasm), Polvon ota Ollaberganovlar ustoz T.N. Qoriniyoziyning asosan «O’zbek madaniyati tarixidan ocherklar», «Hayot maktabi» nomli  risolalari xalq ta’limi yo’nalishida eng haqqoniy va faktik misollarga asoslanib yozilganini qayd etish bilan birga madrasalarda tahsil olgan davrlaridagi qiyinchiliklarni ham gapirib berar edilar. Arab alifbosi dunyodagi eng murakkab alifbolardan hisoblanishi o’z-o’zidan ma’lum. Undagi birgina belgini sal o’zgartirish uch ma’no berishi mumkin edi. Shunday ekan arab alifbosida o’qib, mulla va imom aytgan hamma talablarni yosh o’spirinlarning anglab olishi qiyin bo’lardi.

Xona to’la toliblardan uchta, nari borsa 4-5 bola madarris sabog’ini muvaffaqiyatli tugata olar edi. Bola taxtaga yozib qo’yilgan harflarni yod olgachgina maktabda «Haftiyak», «Chor kitob», So’fi Ollayor undan keyin Xo’ja hofiz kitoblari o’rgatilgan edi. Arab alifbosida avval 22 ta harf bo’lib, so’ngra yana ular qatoriga olti harf qo’shilgan.

Eron va turkiy harflar bilan ular soni 32 harfga yetkazilgan.

Yillar o’tib sho’ro hukumati mustahkamlangan sari yosh avlodga ta’lim -tarbiya berish kun tartibidagi eng muhim vazifalardan biriga aylanib borardi. Buni qizil inqilob dohiysi V.I. Leninning nutq va ko’rsatmalaridan ham anglab olish mumkin. 1919 yilda u shunday degandi — «…mamlakatimizda savodsizlik kabi hol davom etar ekan, siyosiy ma’orif haqida gapirish juda qiyin bo’ladi, bu siyosiy vazifa emas, bu bir shartdirki, usiz siyosat haqida gapirish mumkin emas. Savodsiz kishi siyosatdan chetda turadi, unga avval «Alifbe»ni o’rgatish kerak. Busiz siyosat bo’lishi mumkin emas, busiz mish-mish gaplar, g’iybat, cho’pchaklar, xurofiy gaplargina bo’lishi mumkin, lekin siyosat emas». Qishlog’imiz hayotida ta’lim — tarbiyaning o’rni va bu borada olib borilgan ishlar to’g’risida qisqacha hikoya qilib o’tamiz. Kolxozlar tuzilishi bilan bir vaqtda mamlakat hududlarida maktablar tashkil etish savodsizlikni kamaytirish masalalariga ham katta e’tibor qaratildi. Dorchi elatida yangi maktab qurilishi haqida mehnat va fashizmga qarshi urush faxriysi Ro’zmat ota Qurbonov shularni hikoya qiladi:

— Yosh, o’yinqaroq bola edik. Yangi maktab ochiladi degan gap so’zlar paydo bo’ldi. U paytlar biz maktab nimaligini tasavvur ham qila olmas edik. qishloq soveti kotibi qo’lida qalam bilan kelib avval ota-onalarimizni, keyin bizlarni topdi. Ikki kundan keyin qishloqyopning o’ng tomonidagi bir uyga to’plandik. Omonov degan muallim bizlarga har kuni erta bilan shu yerga kelishimizni aytib rangli suratli kitoblar ko’rsatdi, qalam va qog’oz tarqatdi. Uylarimizga borgach xaltacha (papka) tiktirib olishimizni aytdi. Shu tariqa eski arab alifbosidan xat savod o’rgana boshladik. Yarim yilga yetib etmay bolalarning ba’zilari maktabga qatnamay qo’ydi.

Yangi maktab qishloqyopning o’ng tomonida bo’lib, bir tomoni katta yo’l ikkinchi tomonida Shag’alqal’a to’qayzori bor edi. Qolaversa zamon notinch bo’lgani bois o’qituvchimizning o’zi ham qo’rqib dars berar edi. Bir yilga yetmasdan yangi maktab qishloqyopning yana kunchiqar tarafiga, aholi uy-joylari bir muncha zich joylashgan uyga ko’chirildi. Bu maktabga bolalar ko’proq qatnay boshladi. Polvon Ollaberganov, Omon Eshjonov, Shermat Najmiddinovlar ham kelib shu maktabda bizlarga dars bera boshladilar. Saboqlar arab alifbosida olib borilar edi. Oq’ituvchilarimiz bizni urmas, aksincha maktabda baholi qudrat qorinlarimiz ham to’yar edi. To’rt yil o’qib boshlang’ich ta’lim oldingmi?

-marra seniki edi. Sinfdoshlarim orasidan maktabni bitirgach muallim bo’lib qolganlari, Xiva shahriga ketib muallimlar tayyorlash kurslarida o’qib qaytganlari ham bo’ldi. Bu voqealar 1927-1930 yilarda bo’lib o’tgandi.

Boshlang’ich ta’lim o’quvchisi Madrim Hayitov ertalab maktabga kelishda ariqqa suvga oqib ketganligi sababli keyingi yili maktab qishloqyopning o’ng tomoniga ko’chirildi. Kolxozlar tuzilishi bilan maktablarga bolalarni jalb qilish, ularni o’quv qurollari, darsliklar bilan ta’minlash sezilarli darajada yaxshilandi.

1930 yil yozda firqoning XVI s’ezdi bo’lib, umumiy majburiy boshlang’ich ta’limni joriy etish haqida qaror qabul qilindi. 1949-50 o’quv yilidan qishloq joylarida

umumiy majburiy yetti yillik ta’lim, keyingi besh yilikda esa umumiy o’rta (o’n yillik) majburiy ta’limga o’tildi.

Bularning hammasi Xalq ta’limi sohasida amalga oshirilgan ulkan tadbirlar edi. Favqulodda I- butunittifoq Sovetlar s’ezdida qabul qilingan SSSR Konstitusiyasi 21-moddasi asosida o’tish va o’qitish izchil amalga oshirilardi. O’tmishda mullaning

masjidi, madrasasiga yuzi tushsa tushib, tushmasa tushmay kelayotgan qishloq yoshlari orasida ham muallim, muhandis, shifokor, madaniy oqartuv xodimlari va olimlar yetishib chiqa boshladi. Dorichi farzandlari ham turli fan yo’nalishlari bo’yicha fan nomzodligi ilmiy unvonlariga sazovor bo’lganliklari fikrimizning dalilidir. Fanning notekis, chaqir toshli sirpanchiq so’qmoqlaridan fan va texnika cho’qqilari sari odimlayotgan yigit-qizlar soni ham ko’paya bordi.

Qishloq faollari yangi maktab qurish haqida qayg’ura boshladilar. Bu maktab 30-yillar o’rtalarida loy devordan bo’lib bor yo’g’i katta-kichik besh xonadan iborat edi. Unga imoratsoz usta Abdulla Ro’zimatov ustalik qilgan edi. Kolxoz Voroshilov nomi bilan atalgandan keyin maktab ham Voroshilov nomli boshlang’ich maktab deb atala boshlandi.

Bu davrda ziyoli kadrlar yetishmas, boshlang’ich maktablarda bir yoki ikkita, yetti yillik maktablarda olti-ettita muallim ishlar edi, xolos. Bu davrda arab alifbosidan lotin alifbosiga ko’chish yoshlarni ta’lim olish jarayonini ancha yengillashtirgandi. Sinf xonalarida qiz bolalar soni ham orta bordi.

3

2-rasm. 1930 yillarda P. Ollaberganov o’qituvchilik qilgan

Voroshilov nomli maktab o’quvchilari.

 

Maktablar uchun ziyoli kadrlar asosan ikki joyda; Xiva muallimlar tayyorlash bilim yurti va Urganch shahridagi o’qituvchilar tayyorlash oliygohida tayyorlanardi. Ba’zi yillari ikki yillik, yarim yillik qisqa kurslar ochilib, ularda ham maktablar uchun muallimlar tayyorlanar edi. 1930 yillar o’rtalarida maktablarda muallimlarning ko’pchilik qismini madrasa va masjidlarda ta’lim olgan eski savodli kishilar tashkil etardi.

Dorichi elatida o’qitish ishlari Polvon Ollaberganov(2-rasm), Shermat Najmiddinov, Do’stjon Rajabov, Ortiq Bobojonov kabi o’qituvchilar zimmasida edi. Xiva va boshqa chet shaharlardan kelgan ziyolilar ham bu yerga kelib dars berardilar ammo, ular ko’p ishlamasdan yana o’z yurtlariga qaytib ketar edilar. hukumat arab alfavitidan lotinlashtirilgan yangi alfavitga o’tish haqida maxsus qaror qabul qildi.

Asta sekin bu alfavit ham sho’ro ziyolilari didiga mos kelmay qoldi shekilli, hukumat 1940 yil 8 may kuni lotinlashtirilgan o’zbek yozuvini rus grafikasi asosidagi 35 harfdan iborat bo’lgan yangi o’zbek alfavitiga ko’chirish to’g’risida qonun qabul qildi va rus alfaviti baralla o’rgatila boshlandi.

Urushgacha bo’lgan davrda maktab, qishloq yoshlarining ish maktabi deb atalar edi.  Shu bois maktab o’quvchilari ko’pincha mehnat ta’limi, biologiya va tabiat fanlaridan o’tiladigan amaliy saboqlarni kolxoz dalalarida ota-onalariga yordam berish bilan o’tkazar edilar. O’quvchilarning o’zlari ham paxta, g’alla yetishtirish, ipak qurtini parvarishlash, chorva mollarni boqish va ulardan mahsulot olish sirlarini o’rganib borar edilar. Yozgi g’o’za parvarishi, oltin kuz pallasidagi yig’im-terim vaqtlarida ota-onalariga hamqadam bo’lardilar. Fan va texnikaning jadal rivojlanayotgan davri edi. Dusham Qurbonov, undan keyin Rajabboy Matnazarov, Baki ota Tog’onovlar Voroshilov jamoa xo’jaligida raislik qilish bilan yosh avlodni ziroatchilikka o’rgatish, maktabning moddiy ta’minotini muammolarini yechishga ham harakat qilardilar. Bu g’ayru savob ishni Xudoybergan Abdullaev ham diqqat markazida tutardi.

Urush yillarida qishloqdagi hayot o’z izidan chiqib ketdi. Erkak o’qituvchilarning qalami qurolga aylandi. Maktablarda ta’lim-tarbiya mashg’ulotlari, yoshlarning maktabga qatnashi susaydi. “Hamma narsa front uchun, hamma narsa g’alaba uchun!» degan shior hamma tomonga yoyilib ketdi. qishloqdagi  og’ir mehnatni keksalar, xotin — qizlar, maktabning yuqori sinflarida ta’lim olayotgan yoshlar zimmasida qoldi.

1947 – 48- o’quv yili uchinchi choragi yanvar oyida hamma joylardagi kabi Leninobod qishlog’i Voroshilov nomli yetti yillik maktab muallim va muallimalari uchun h’am O’zbekiston Oliy Kengashiga saylovoldi tashviqot- targ’ibot ishlarini qizitib yuborish bilan boshlandi. Maktab direktori Polvon Ollaberganov esa o’z xizmat vazifasidan ozod etilib, markaziy saylov uchastkasiga ma’sul etib belgilandi. Tuman xalq ta’limi bo’limi xujjatlari shu davrdan saqlanib qolganki, biz ham shu hujjatlarga tayanib qalam tebratamiz.

Maktablarda kalliografiya (husnixat) yozish mahkam vazifa qilib qo’yilgandi. R. Ahmedova shu vazifaga jalb qilingan edi.  Rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Kim Shen 15 mart kuni boshqa joyga ko’chirilib, uning o’rnini Mariya Trunova egalladi. Niyozjon Ollaberganova, Oyimjon Jumaniyozova, Do’stjon Rajabovlar maktabda yoshlarga ta’lim — tarbiya  berish bilan o’zlari oliy, maxsus ta’lim bilim yurtlarida sirtdan tahsil olar edilar.  1948 yil 12 avgust kunidan Oksana Vladislovona Saryuk maktabiga rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi bo’lib ishga keldi. Maktab ma’muriyati tavsiyasi bilan 7 — sinf ilm tolibi Sazoq Jiyanboev tuman markazidagi internatga kuzatib qo’yildi.

Rus tili va adabiyoti fanidan muallima qilib tayinlangan O.V. Saryuk qandaydir sabablar bilan vaqtida ishga yetib kelmadi va uning ishi xalq sudiga oshirildi. Ishga kechikib kelib yashashga qulay qo’nim topmaganidan u ariza berib ishdan bo’shab ketdi. Shu o’quv yilidan Ro’zika Ahmedova ilmiy bo’lim mudirasi qilib tayinlandi. O’qituvchilarning maktabga qo’nimsizligi birinchi navbatda xalq ta’limi tizimida oliy va maxsus ma’lumotga ega ziyoli kadrlar yetishmasligida edi. Ayniqsa, rus tili va adabiyoti, ximiya fanlaridan o’qituvchilar nihoyat kamchil edi. 1949 yil yozgi imtihonlar davri ham yetib keldi. P. Ollaverganov raisligi, D. Rajabov, R. Ahmedova,  B. Sharipov, Mingazeva, Gazizova, Qutlimurodov, Quronboy Saidov, Dushamov, Karimov, Rahimboev, Aminov, Qalandarovlar assistentligida yozgi imtihon, sinovlar muvaffaqiyatli boshlanib quvonarli natijalar berdi. Yoshlar ustozlar rahbarligida hamma fanlardan puxta bilim olganliklarini imtihonlar jarayonida namoyon etdilar.

Kelgusi o’quv yilidan turkman millati vakillari farzandlariga g’amxo’rlik natijasida turkman sinflari tashkil etildi va Eki Sardorova dastlab qabul qilingan turkman sinfiga jurnal ko’tarib kirdi. Sinflar va muallimlar soni oshib ilmga tashna turkman yoshlari ham ta’lim — taribiya ola boshladilar.

1950 — 51 o’quv yilida muallimlar tarkibida ma’lum o’zgarishlar yuz berdi. P. Ollaberganov maktab direktori, Zuhra Zokirova ilmiy bo’lim mudirasi, Masharif Davletov, Oyimjon Jumaniyozova, N. Ollaberganova, O. Sardorova, Nazira Nurmatova, Qo’zi Yusupov, Norjon Sherjonova, Ro’zika Ahmedova, Valentina Postnovalar uyushqoqlik bilan yoshlarga o’z fanlaridan ta’lim — tarbiya ishlarini boshlab yubordilar.

Muallimlar o’z bilim va tajribalarini tinmay oshirib borishlari davr talabi edi. Bu ishga hammadan ko’proq tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri M. Xudoyberganov masul edi. U ikki — uch bora ogohlantirishlardan keyin ham bilimlarini oshirishga intilmaganliklari uchun noiloj R. Masharipov, O. Jumaniyozova, Q. Yusupovlarni

39 — sonli buyruq bilan o’z vazifalaridan ozod etdi.

Yosh avlodga ta’lim tarbiya berishda sinf rahbarlarining o’rini alohida ekanligi maktab direktor Polvon Ollaberganovga yaxshi ayon edi.

Shu bois 1950 — 51 o’quv yili boshlanishi bilan Nurmatova 1”A” sinf rahbari va o’qituvchi, Q.Bakiev turkman guruhi sinf rahbari va o’qituvchisi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi sinf rahbarlari va o’qituvchilari qilib Do’stjon Rajabov, Niyozjon Ollaverganovalar tayinlandilar. Beshinchi va oltinchi sinflarga Normat Onnamurodov, yettinchi sinfga Ro’zika Ahmedovalar sinf rahbarlari va o’z fanlaridan muallim qilib tayinlandilar. Saboq taqsimlash qat’iy O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi tomonidan belgilab qo’yilgan dastur asosida amalga oshirilar edi.

Maktabda jamoatchilik ishlari ham muallimlar zimmasiga yuklatilgandi. Chunonchi, D. Rajabov o’quvchilar qo’mitasiga, Masharif Rajabov pioner drujinasi, Ortiq Bobojonov komsomol qo’mitasi ishiga yetakchi qilib tayinlandilar. R. Ahmedovaga esa oyda bir marta «A’lochi» devoriy gazetasini chiqarib borish topshirildi. Bozorboy Sharipov maktab kotibi lavozimida faoliyat ko’rsata boshladi.

Yozgi imtihonlarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko’rilardi. R. Ahmedova, V.M. Postnova, M. Rajabov, B. Sharipov, Jumaniyozovlar assistentligi, P. Ollaberganov raisligida yozgi davlat imtihonlari qoniqarli nihoya topdi. Qo’liga yetti yillik maktabni bitkazganlik to’g’risidagi shahodatnomani olgan yoshlarning bir qismi oliy va maxsus o’quv yurtlariga kirish uchun tayyorlana boshladilar.

Muallimlar keng mehnatkashlar ommasi orasida tashviqot va targ’ibot ishlarini ham olib borar edilar. Ular brigadalarga biriktirilgan bo’lib, Voroshilov nomli jamoa xo’jaligining № 1-7 brigadalarida xalqaro ahvol, O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy, siyosiy vaziyat haqida ma’ruza qilish bilan «Jangovar varaqa»lar chiqarishga ham ma’sul edilar.

O’qituvchilarning ijtimoiy va siyosiy ishlarda siyosiy ishlardagi ishtirokiga kolxoz partiya tashkiloti kotibi rahbarlik qilardi.

Urushdan keyingi tinch ijodiy mehnat yillari davom etayotgani bois dehqonlar va chorvadorlar ertagi kunning porloq rejasi bilan ongli va uyushqoq holda ishlardilar.

O’zlarining Voroshilov nomli jamoa xo’jaliklari davlatga paxta va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari yetkazib berishda ilg’orlar safiga dadil ildamlayotgani ularni quvontirardi. Maktabga esa yangi o’qituvchilar kelar va ziyolilar safi to’lib borar edi.

O’qituvchi va xizmatchilarning yosh avlod kamoli yo’lida olib borayotgan

say’i-harakatlari 1954 — 55 o’quv yilida suv yuzidagi olmaday qalqib chiqdi.

Yozgi imtihonlarga to’rtinchi sinfdagi 18 nafar o’quvchining 16 nafari, beshinchi sinflardagi 36 nafar o’quvchining 34 nafari, oltinchi sinflardagi 22 nafar o’quvchining 21 nafari, yettinchi sinfdagi 18 nafar o’quvchining hammasi yozgi davlat imtihonlariga qo’yildi. Qolganlari sog’liklari to’g’ri kelmay qolgan, saboqlarni o’zlashtira olmagan o’quvchilar edi. Raqamlar mag’zi chaqib ko’riladigan bo’lsa, respublikaning eng shimoliy chekkasida joylashgan 20 — son yetti yillik maktabga nisbatan bu ko’rsatkichlar yomon natija emas edi.

Kelgusi o’quv yilida Saidov maktab direktori qilib tayinlandi. O’n nafar muallim bilan mashg’ulotlar boshlab yuborildi. Ular kimlar edilar?

Boshlang’ich sinflarni Oyimjon Jumaniyozova, D. Rajabov, N. Ollaberganova, Davlat Jumaboevlar o’qitsa, turkman sinfini Bozorboy Jumandurdiev o’qitar edi. R. Ahmedova, M. Rajabov, V.M. Postnova, Sulton Otajonov, Rahima Otajonova, Qozoqboy Bakiev, Nafas Boboevlar o’z fanlari, sohalaridan yoshlarga saboq berar edilar. Kechqurunlari maktab muallimlari savodsizlik, chala savodlilikni bitirish kurslarida ham dars berar edilar. Yoshlar va mehnatkashlar ta’lim — tarbiyasiga hukumat e’tibori yildan — yilga kuchayib borar edi. 1956 yil oxirida xo’jalik ishlari bo’limi, qorovul, xizmatchi ish o’rinlari ochildi. Ularga Tojiboy Hakimov, Bikajon Jumaboeva, Roziya Yaniqovalar ishchi qilib tayinlandilar.

Bozorboy Sharipov oliygohda sirtdan o’qiyotgani uchun uning o’rniga Mahmudova kotiba qilib tayinlandi.

Yangi direktor Quronboy Sotimov o’z ishiga puxta, pishiq va o’qituvchilarga talabchan rahbar edi.Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilib, mehnatda chiniqqan inson tartibsizliklarga mutlaqo murosasiz edi. Ish vaqtida o’z joyida bo’lmagan xizmatchi R. Yoniqova buning oqibatida ishdan chetlatildi. Boshlang’ich sinf jismoniy tarbiya muallimi V. Marshalina, tarix — geografiya fani o’qituvchisi Bakievlar ham o’z ishiga ma’sulyatsizliklari sababli «Hayfsan» oldilar. Oradan yillar o’tdi. Maktab tarixiga uzukka qosh qo’ygandek yarashib tushgan bir buyruqni qayd etib o’tish ayniqsa quvonarlidir:

Otajon Saddinov ilmiy bo’lim mudirligiga tayinlanib, Normat Onnamurodov maktabga ishga keldi. O’sha yillari «O’qish, o’qish va yana o’qish» degan shior mamlakat bo’ylab keng tarqalgan edi. Majburiy o’rta ta’lim ayni kuchaygan davr edi.

20-son maktab tumanning ilg’or, ziyolilar bilan ko’proq ta’minlangan ilm dargohlaridan biriga aylanib qolgandi. Yillar o’tgan sari ilm dargohi bag’riga turli fan yo’nalishlari bo’yicha muallimlari kelar, ilm dargohini tugatayotgan yoshlar hayotdan o’z o’rinlarini topib xalq orasiga qo’shilar yoki oliy va maxsus bilim yurtlariga kirib ta’lim olar edilar. Uztozlarning shogirdlardan ko’ngillari to’q edi.Ximiya — biologiya fani o’qituvchisi Ro’zmat Mavlonov yoshlarga shu fanlardan dars berar va u yoshlarning jonu — dili edi. 1955 yil yanvar oyida u Cho’qli qishlog’idagi 2-son umumta’lim o’rta maktabga ishga ko’chirilar ekan, yoshlar sevimli o’qituvchilari bilan ko’zlarida yosh olib xayrlashdilar.

Sulton Otajonov uning fani bo’yicha yoshlarga bilim bera boshladi.

Kelgusi o’quv yilidan Quronboy Sotimov maktab direktori, o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi qilib tayinlandi. Ro’zika Ahmedova ilmiy bo’lim mudirasi, Onajon Yangiboeva fizika — matematika, Valentina Postnova rus tili va adabiyoti, P. Ollaberganov, Qozoq Bakievlar tarix — geografiya fanlaridan, Nafas Boboev, D. Jumaboev, Bozorboy Jumandurdievlar boshlang’ich sinf muallimlari edilar. 1957 — 58 o’quv yillaridan muallimlar safiga Poshshajon Bobojonova, V. Marshalinalar kelib qo’shildilar. Ozod Rajabov, Rahimov va undan sal keyinroq Ziyoda Do’stjonova, Jumaniyoz Matkarimovlar yoshlar yetakchisi lavozimlarida faoliyat ko’rsata boshladilar. Oliy ma’lumotli yosh mutaxassis Narimon Eshjonov yoshlarga fizika — matematika fanlari sirlarini o’rgata bordilar.

Qishloq Soveti raisi ma’muriy-huquqiy masalalar bilan shug’ullansa, jamoa xo’jaliklari rahbarlari ko’proq iqtisodiy va madaniy muammolarni hal etar edilar. 1960 yillar o’rtasida kolxoz raisi Xudoybergan Abdullaev rahbarligida g’isht poydevorli yangi maktab qurilib foydalanishga topshirildi. Yangi maktabning old tomoni qibla tarafga qaratilgan bolib, ichkarida uzun koridor, koridorning ikki tomonida esa sinf xonalari joylashtirilgan edi. U yillari maktablarda mashg’ulotlar uzluksiz ikki smenada olib borilgani uchun sinfdan tashqari tadbirlar ko’pincha koridorda olib borilar edi. Fanlarni chuqur o’zlashtirish maqsadida tashkil etilgan to’garaklar va amaliy ishlar boshlang’ich maktablarda o’tkazilib olinar yoki ochiq maydonda amalga oshirilardi.

Maktab koridori, sinfxonalar taxta pol qilinmaganligi uchun gohida zax gohida esa changib yotardi. Qish faslida pechkaga qalangan ko’mir hididan o’quvchi va o’qituvchilar salomatligiga ziyon yetardi. Xalq ta’limi tizimi tetapoya qadamlar, qiyinchiliklar bilan rivojlanayotgan bo’lsa ham maktablarni bitirib chiqqan yoshlar xalq xo’jaligining turli sohalarida o’z o’rinlarini topar, oliy va o’rta maxsus bilim yurtlariga kirib o’qishni davom ettirardilar. O’qib bilimini oshirganlarning qo’li baland degan hayotbaxsh tuyg’u yoshlarni ma’rifatning nurli cho’qqilari sari chorlab turardi. Ular buning uchun tinimsiz o’qir va izlanar edilar.

Yangi o’quv yili oldidan muallimlar ish o’rin almashtirishlari tabiiy hol edi. Rus tili  va adabiyoti fani muallimasi Valentina Kolomiseva «Kommunizm» sakkiz yillik

maktabiga ko’chirildi. Uning o’rnida  Li Den Xva o’qituvchilik qila boshladi.

1961 – 62- o’quv yili tubandagi tizimda o’quv tarbiya ishlarini boshlagan edi. Quronboy Sotimov direktor, Ro’zika Ahmedova ilmiy bo’lim mudirasi, Polvon

Ollaberganov, Onajon Yangiboeva, Nafas Boboev, Ortiq Bobojonov, Onabibi

Dushamova, Bozorboy Jumandurdiev, Niyozjon Ollaberganova, Masharif Rajabov, Do’stjon Rajabovlar turli fanlar va boshlang’ich sinflar muallimlari edilar.

Ko’p o’tmay fizika — matematika fani o’qituvchisi Onabibi Dushamova Oxunboboev nomli sakkiz yillik maktabiga ishga o’tib ketdi. Jumaniyoz Bakiev, L.V. Vonzyakovlar ham yoshlarning sevimli o’qituvchilariga aylandilar. Oilaviy ahvoli to’g’ri kelmaganligi sababli L.V. Vonzyakov ishdan bo’shab ketdi. 29 sentyabr kunidan Jumaniyoz Matjonov rasm va musiqa o’qituvchisi qilib tayinlandi. Oradan ko’p vaqt o’tmay Davlatyor Jumaboev, Baxtiyor Abdurahimov, Nelya Radionovalar ishga keldilar. Ketib qolgan o’qituvchilar o’rnini yangi o’qituvchilar egallay boshladi. Norimon Eshjonov fizika — matematika fani o’qituvchisi sifatida hurmat e’tibor qozondi.  3-rasm. 1990 yillargacha

20 umumiy o’rta ta’lim maktabida turkman tilida o’qitiladigan sinflar mavjud edi. Sur’atda bir guruh turkman sinfi o’qituvchilari.Maktabda ko’ch – ko’chlar ko’p bo’lgani

sababli, ba’zan boshqa sakkiz yillik maktablar ko’rsatkichi darajasiga erishib bo’lmasdi.

Yaqinda ishga kelgan N. Radionovna ham ko’pga qolmay o’z vazifasidan  bo’shab

ketdi. Shu fan o’qituvchisi Eshonnafas Ahmedov harbiy xizmatga  jo’nadi.

Uning ketidan Shermat Qalandarov va yana uchta muallim harbiy xizmatga chaqirilib maktab rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisiz qoldi. Husayn Matyoqubov ham ko’p ishlamay K. Marks nomli maktabga ishga o’tib ketdi. Xudoybergan Ortiqov ham 1962 – 63 o’quv yilida o’z vazifalaridan bo’shadi. Bekpo’lat Begjonov o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi qilib ishga qabul etildi. Shodi Abdullaev chet tili, Oybibi Rahimova boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari bo’lib ish boshladilar.Maktab direktori geografiya fani o’qituvchisi Nepes Sattorov Respublikaning ilg’or o’qituvchilari

safida geografik joylarga sayohat qilish uchun otlandi.

 24

 

 

 

Bu tuman xalq ta’limi bo’limi hamda maktab uchun

ham katta obro’ edi. N. Sattorov ko’pgina o’zga

o’lkalarni sayyoh sifatida tomosha qilib keldi va

o’zining bor bilim, boy tajribasini yosh avlod

kamolati yo’lida sarflay boshladi. Ko’pga qolmay

u tuman xalq ta’limi bo’limida qishloq maktablari

bo’yicha yo’riqchi lavozimida faoliyat ko’rsata

boshladi. Maktabdan o’qituvchilarning yuqori

lavozimlarga ishga tavsiya etilishi bilim

dargohida ta’lim-tarbiya jarayoni

muvaffaqiyatli davom etayotgani hammani

quvontirar edi. Boshqa maktablar qatori

20-son umumta’lim o’rta maktabi ham oliy va maxsus ma’lumotli ziyolilirga muhtoj edi. Ustiga ustak turli sabablar bilan o’qituvchilarning maktabdan — maktabga ko’chirilishlari davom etardi. Yusuf Ollaberganov oilaviy ahvoli to’g’ri kelmaganligi sababli boshqa maktabga ishga o’tib ketdi. Zevarjon Abdullaeva Strelkov nomli o’rta maktabga ximiya — biologiya fani o’qituvchisi qilib tayinlandi. Otaboy Davlatov geografiya fanidan yoshlarga saboq bera boshladi. Qo’shyoz Matkarimov, Ozod Ollaberganov o’rniga yoshlar yetakchisi bo’lib ishlay boshladi.

Maktabda Do’stjon Rajabov, Bozorboy Sharipov, Quronboy Sotimov, Yaqubboy Qutlimurodov kabi jangchi muallimlar o’zlarining bilim, kuch – g’ayratlarini yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga baxsh etar edilar. Ular orasida Yoqubboy Qutlimurodov yoshlarning sevimli ustoziga aylangandi. Tajribali ziyokor Bozorboy Sharipov maktab direktori lavozimida faoliyat yurgiza boshladi. Jabbor Otajonov ximiya fanidan, Faya Matniyozova esa rus tili va adabiyoti fanidan yoshlarga saboq bera boshladilar. Maktablarda ashula bayrami o’tkazish yaxshi an’analardan biri edi. Lekin, bu tadbirni o’tkazishda ba’zan bolalar yoshi, ahloq odobiga to’g’ri kelmagan ashula va qo’shiqlar ham o’rgatilar edi. 1965 yil mart oyida o’tkazilgan maktab o’quvchilarining ashula bayramida maktabdan bir yosh qiz «Uyaladi-ya» qo’shig’ini ijro etdi. Qo’shiq matni o’quvchi yoshiga ham yoshlar odob-ahloqiga ham to’g’ri kelmas edi. Buning uchun maktab direktori B. Sharipov ogohlantirildi. Ashula bayramida o’quvchi yoshlar odob ahloqiga to’g’ri kelmagan ashula va qo’shiqlarni ijro etganliklari uchun Timiryazov, Dmitrov, Orjonikidze, Kuybishev nomli sakkiz yillik maktablarning direktorlari V. Saidov, B. Yoqubov, A. Saidov, N. Shokirovalar ham ogohlantirildilar.

1965 — 66 o’quv yili tubandagi muallimlar ishtirokida boshlangandi. B. Sharipov direktor, Tojimat Dushamov fizika- matematika, Abdulla Nurjonov o’zbek tili va adabiyoti, Hanifa Ergasheva tarix fanlaridan dars berar edilar.

Qishloq maktablarida yoshlarga ta’lim -tarbiya berish bilan ularni biron kasbga yo’naltirish hayot chaqirig’iga aylanib qolgan edi. Maktabda qishloq xo’jalik mashinalarini ta’mirlash va boshqarish, duradgorlik, qizlarga tikish-to’qish sirlari o’rgatila boshlandi. K. Matkarimov bosh pioner vojatiy edi.

Maktabdagi turkman tili bo’limida birinchi, uchinchi va to’rtinchi sinflarda muallim yetishmasligi sababli muammoli vaziyat yuzaga kelgandi. 1966 yil sentyabrdan Bozorboy Jumandurdiev shu kompleks sinflarni o’qita boshladi. O’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Ro’zika Ahmedova 25 yildan buyon uzluksiz ishlab kelar va yetarlicha obro’ e’tibor to’plagan edi. Unga oshirilgan stavkada oyiga 128 so’mdan maosh to’lana boshlandi.

— Chiroyli yozishni o’rganmoqchi bo’lsangiz Dorichi elatidagi 20- son umumta’lim o’rta maktabi o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Ro’zika Ahmedovaga murojaat qiling! Bu gaplar hamkasbimiz shaniga aytilayotgani hammamizni birdek quvontirar edi.

1967 — 68 o’quv yilida ta’lim — tarbiya ishlari quyidagi o’qituvchilar tizimida boshlandi- Quronboy Sotimov direktor, o’zbek tili va adabiyoti, Ro’zika Ahmedova ham shu fandan, Jumaniyoz Bakiev, Onajon Yangiboeva fizika — matematika, Polvon Ollaberganov tarix — geografiya, Yo’ldosh Rajabov, Eshonnafas Ahmedovlar rus tili va adabiyoti, Bozorboy Jumandurdiev biologiya, Zinaida Otinsan, Rahim Yo’ldoshevlar rasm va ashula darslaridan saboq bersa, Davlatyor Jumaboev tarix, Masharif Rajabov, Niyozjon Ollaberganova, Do’stjon Rajabovlar boshlang’ich sinflarda muallimlik qilar edilar. Normat Abdullaev mehnat ta’limi o’qituvchisi, Norimboy Ollayorov yoshlar yetakchisi, Matnazar Hayitboev ustaxona mudiri, Bibijon Safarboeva kutubxonachi edi.

Maktabda ta’lim-tarbiya ishlari tobora takomillashib, natija oldinga siljib borar edi. O. Yangiboeva, M. Rajabovlar ilg’or tajriba maktabi muallimlari sifatida hurmat qozongan ustozlar edi.

 25

 

4-rasm. 1967-68 o’quv yilida Lermonotov nomli sakkiz yillik maktab o’rta maktabga aylantirildi..

Tuman maktablarida ularning tajribalarini ommalashtirish davom etar edi

Maktab direktori Q. Sotimov xalq ta’limi tizimida uzoq yillar ishlab boy tajribaga ega bo’lgani uchun oshirilgan stavkada oyiga 164 so’mdan haq olar edi. Ahmadjon Yusupov ham o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi sifatida yuksak tajriba va malaka egasi edi. Keyinchalik u ko’p yillar tuman xalq ta’limi bo’limi uslubiyat xonasini adolatli va mahorat bilan boshqarib keldi.

  1. Yusupov 1968-yil birinchi sentyabr kunidan yana maktabda yoshlarga o’z fanidan saboq berishga kirishdi.

Ximiya — biologiya fani o’qituvchisi Egambergan Matkarimov harbiy xizmatga jo’nab ketdi. Yangi o’quv yilidan o’qituvchilar safiga Qo’shyoz Matkarimov, Qo’ziboy Qo’chqorovlar kelib qo’shildilar.

Turkman bo’limi muallimi Nepes Boboev o’z arizasiga binoan ishdan bo’shab ketdi. 1969 — 70 o’quv yilidan butun umrini yoshlar tarbiyasiga baxsh etgan Niyozjon Ollaberganova va Ro’zika Ahmedovalar keksalik nafaqasiga chiqib shogirdlari bilan hayrlashdilar (4-rasm). Avgust oyi oxirlab yangi o’quv yili eshik qoqib keldi. 1969 yil birinchi sentyabrdan 29 nafar muallim va mullima jurnal ko’tarib yana sinf xonalariga kirdilar. Ular maktab direktori Q. Sotimov va ilmiy bo’lim mudiri A. Yusupov o’zbek tili va adabiyoti fanidan saboq bersa, O. Yangiboeva, J. Bakiev, Q. Qo’chqorov, Qurbonboy Ondaevlar fizika — matematika fani, Y. Rajabov, E. Ahmedov, Yo’ldosh Xudoyberganovlar rus tili va adabiyoti, E. Matkarimov ximiya, Q. Otaboev fizika, P. Ollaverganov tarix fanidan o’qitardi. N. Abdullaev mehnat ta’limi, D. Rajabov jismoniy tarbiya, Qurbonnazar Otajonov chet tili, B. Jumandurdiev, R. Yo’ldoshov, M. Rajabov, B. Abdrimov, Q. Matkarimov, O. Ollaberganov, Ochildi Tojievlar turli fanlar va boshlang’ich sinf muallimlari edilar. N. Ollayorov yoshlar yetakchisi qilib tayinlandi.

Tuman xalq ta’limi bo’limi tomonidan chiqarilgan bir buyruqni qayd etib o’tish ayniqsa maroqlidir:

«62- Buyruq. Leninobod qishloq Sovetidagi Lermontov nomli sakkiz yillik maktab 1968 o’quv yilidan o’rta maktabga aylantirilsin. Maktabga shtamp va muhr ishlatish direktor zimmasiga yuklatilsin. Rayon xalq ta’limi bo’limi mudiri R. Matvofoev.»

1970 — 71 o’quv yili ham boshlanib ketdi. Bu o’quv yilida maktab ziyolilari 34 nafarni tashkil etdi.

Ularning ko’pchiligi yetarli bilim va malakaga ega edilar. Xoljon Jumandurdieva turkman bo’limi boshlang’ich sinfiga muallima bo’lib keldi, ammo yarim yildan keyin oilaviy ahvoli to’g’ri kelmay ishdan bo’shab ketdi. Qurbon Ondavaliev oliy ma’lumot olib turkman sinflarda fizika — matematikadan yoshlarga saboq berishga kirishdi. Omongul Jumaqova va uning turmush o’rtog’i Marat Jumakovlar vazifasidan bo’shab ketdilar.

1972-73 o’quv yilida Q. Sotimov direktorligida O. Ollaberganov, H. Ergasheva, B. Saparboyevalar ham ona tili va adabiyoti fani, B. Sharipov ilmiy bo’lim mudiri va fizika — matematika fanidan o’qitar, J.Bakiev tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari va Q. Qo’chqorov, T. Dushamov,  G. Saidova, Q.Onnavalievlar fizika matematika fanidan, A. Rahmatillaeva, E. Matkarimovalar ximiya — biologiya, B. Abdrimov, P. Ollaberganovlar tarix — geografiya, Y. Rajabov, Z. Jumaniyozova, B. Sobirov, J. Izbostievlar rus tili va adabiyoti, R. Bekjonov chet tili, N. Abdullaev tarix, Orazgaldi Jumaev turkman tili,

  1. Yo’ldoshev, M. Rajabov, B. Jumandurdiev, K. Matkarimov, D. Jumaboev, D. Rajabov, Z. Sotimovalar boshlang’ich sinflarda saboq berar edilar.
  2. Jabborov jismoniy tarbiya fani muallimi edi. N. Ollayorov yoshlarga yetakchilik qilar edi. Shu o’quv yilida maktabda jami 34 nafar, tuman maktablarida esa 907 nafar ustoz, tarbiyachilar xizmat qilar edilar. Maktab yoshlari ustozlar rahbarligida fan cho’qqilari sari dadil intilar edilar.

O’quv yili oxirlay deganda rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Bekpo’lat Sobirov harbiy xizmatga jo’nab ketdi. Harbiy xizmat burchini o’tab kelgan Qo’chqor Otaboev boshang’ich sinf o’qituvchisi, Sobir Rahmatullaev esa rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi bo’lib ishlay boshladilar.

Bekposhsha Bozorova boshlang’ich sinf o’qituvchisi  qilib qo’shni Dmitrov nomli sakkiz yillik maktabga ko’chirildi. Bozorboy Jumandurdiev turkman tili o’qituvchisi qilib tayinlandi. Rus tili va adabiyoti fan o’qituvchisi Sobir Rahmatillaev «Moskva» nomli sakkiz yillik maktabga ko’chirilib, Arslon Eshjonov shu fandan yoshlarga saboq bera boshladi. Qodirbergan Yo’ldoshev ham harbiy xizmatdan qaytib kelib rus tili va adabiyoti fanidan saboq berishga kirishdi.

Maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisi Qadam Qalandarov o’z mutaxassisligi bo’yicha viloyat terma jamoasi hisobidan kurash musobaqalarida  qatnashar edi. U Qaraganda shahridagi Butunittifoq sambo kurashi bo’yicha tashkil etilgan musobaqada qatnashib keldi. Yosh polvonning davralarda ko’krak kerib o’rtaga chiqishi maktab kabi Dorichi elati uchun ham faxru g’ururga aylanib borar edi. Negaki, elat o’tmishdagi dovrug’li polvonlari, an’analari qayta tiklanayotganidan quvonar edi.

Shu o’rinda quyidagi ikki voqeaga batafsilroq to’xtalib o’tish joizdir. Q. Qalandarov yoshligidan polvonsifat bo’lib o’sdi. Urganch oliygohida tahsil olar ekan polvonlar nigohiga tushadi. Shu vaqtlarda Xorazm polvonlari sardori Sa’dulla Rajabov og’ir vaznda polvon topa olmay qiynalib yurar edi. Q. Qalandarovning jussasi,  kurash tushish uslublarini ko’rib yelkasidan tog’ ag’darilganday his qiladi o’zini.

— Xudoga shukur, og’ir vaznli Xorazm polvonining ham davraga chiqar kuni yaqin qoldi! — quvondi terisiga sig’may Sa’dulla.

Qadam esa olishuvlardan olishuvlarga chiyirday chiniqib, davralarga zeb bera boshladi. Viloyat, Respublika, Ittifoq bellashulariga quloch kerib otlanardi.

Xorazm to’yi kurash, polvonlarsiz o’tmaydi. 1980 yillarda elat to’ylarida qo’qqisdan Tursun polvon paydo bo’ldiki, polvonlar muvozanati buzildi. Qurda  tog’day tiralib turgan bu qoyaga hech kim bas kela olmasday edi.

Tursun polvonning past odatlaridan biri u Rossiya, Kavkazorti o’lkalaridan

chiniqqan, amal, usulli polvonlarni chorlab davraga solar, to’ylarda g’oliblarga berilgan qo’chqor, ho’kiz kabi sovrinlarni o’zi olardi. Chigatoyqal’a qishloqning eski Voroshilov uchastkasida ikkita to’y bo’lib o’tdi. Xorazm polvonlari shu to’ylarda asl nasabi Polvonpir avlodlari ekanliklarini ko’rsatdilar. Shu to’ylarning birida Qadam Qalandarov Tursun polvon bilan davraga chiqmoqi kerak edi. Unga yo’l bermadilar. Negaki, Tursun polvon Qadamjonni mushukday majaqlab qo’yishi mumkin edi. Sa’dulla polvon davraga otilib chiqdi va Tursun polvonni hammaning ko’zi oldida chirpirak qilib yelkasini yerga qapishtirdi. Keyingi to’yda Tursun polvon yana qoq kurakini chang tuproqdan ko’tarishga majbur bo’ldi. Polvonlarga zahmu-zug’um qilib kelgan Tursun polvonning sharmandalarcha yengilishi yosh polvonlarga dalda bo’ldi. Ammo, Tursun polvon xiyla nayranglardan hali qaytmagandi.

Matnazar Sharipovning o’g’il uylantirish to’yida Mirza polvon Kavkaz ortidan kelgan yosh polvonni uch marta qayirib yerga urdi. Lekin uning yelkasi hech yer o’pmas edi. Yosh polvon chapdastlik bilan mag’lubiyatdan o’zini asrab qolardi.

-Mirza, bor halol yiqib sovriningni ol!

Butun O’rta Osiyo, ko’hna sharq bulbuli Komiljon Otaniyozovning bir ogiz so’zi bilan Mirza polvon yana kavkazlik yosh polvon bilan yoqa tutishdi. O’n martalab qayirib urdi, ammo uning yelkasi hali ham yer isqamas edi. Yosh polvon jismoniy tarbiya oliygohida o’rgatilgani uchun hech yelkasini yerga qayirib bermas edi. Bellashuv ko’p martalab takrorlandi. Sovrin baribir Mirza polvonga yetdi. Tabiiyki, bu bellashuvda K. Otaniyozov ko’p martalab asablari yemirilgan Xorazm polvonlariga o’z qasdlarini olish uchun yana imkoniyat yaratib bergandi. Shunday keskin olishuvlarda Q. Qalandarov qanchalar toblanib pishmasin vaqt o’z hukmini o’tkazib borar edi. Ma’lum muddatdan keyin u davrani yosh polvonlarga bo’shatib berdi va o’zi Hazrati Dovud kasbidan baxt, rizq nasiba izladi.

1973 yil iyul oyidan Bozorboy Sharipov, sentyabr oyidan esa hanifa Ergasheva maktab direktori lavozimida buyruqlarga imzo cheka boshladilar. Ularning ikkalasi ham oliy ma’lumotli mutaxassis bo’lib B.Sharipov fizika — matematika fanidan, H. Ergasheva tarix fanidan yoshlarga saboq bera boshladi.

Tabiat, biologiya, mehnat ta’limi darslari ko’pincha tabiat qo’ynida foydali mehnat, ilmiy tajribalar bilan olib borilar edi. Yoshlar tikish, to’qish, duradgorlik hunarlari bilan bir qatorda paxta yetishtirish, ipak qurti asrash, parrandachilik, quyon boqish bilan ham shug’ullanar edilar.

O’quvchi yoshlar ishlab chiqarish brigadalarida esa katta maydonlarda bahorgi dalada urug’ qadashdan tortib g’o’za parvarishlash, sug’orish, oziqlantirish, uni begona o’tlardan tozalash, agregatlarda ishlov berish, hosilni yig’ib — terib olish kabi ishlarni uddalar edilar. Bu tadbirlar kelgusida qishloq xo’jalik sohasiga ishchi kuchlarni yetkazib berishda ayniqsa asqotardi. Qizlar chorvachilik sohasi bilan ko’proq shug’ullanar edilar.

«Fan — ishlab chiqarishga!» degan shior butun borliqi bilan  bo’y ko’tarib qoldi.

Bibijon Safarboeva kutubxonachi, Anorgul Rahmatillaeva laborant lavozimida faoliyat ko’rsatar edilar. Rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi  E. Ahmedov Katqal’a qishlog’idagi umumta’lim o’rta maktabga o’tib ketdi.

Maktab muallimlari va rahbarlarini maktabdan-maktabga ko’chish charchatib tashlar edi. Shu o’quv yili boshlanishi bilan Q. Otaboev, S. Tojiev, Q. Onnvalievlar harbiy xizmatga jo’nab ketdilar.

Fan, texnika va ishlab chiqarishni yanada mustahkamlash niyatida maktablarda qishloq xo’jalik texnikasini boshqarish, uni ta’mirlash sirlari ham qunt e’tibor bilan o’rgatilib borilardi. Bu vazifa Jumanazar Xollievga topshirilgandi.

Yuqorida ismi shariflari zikr etilgan o’qituvchilar safiga yana 15 nafar mutaxassis va xizmatchi qo’shilib ta’lim — tarbiya ishi yaxlitligi yanada oshdi. Ular laborant Ro’za Ollaberganova, Zulayho Masharipova, kutubxona mudirasi Zulayho Jumaboeva, elektromontyor Qodir Masharipov, xo’jalik ishlari mudiri Matnazar Hayitov, xizmatchilar Onabibi Yusupova, Jumagul Otaniyozova, Roziya Rajabova, Ra’no Normatova, Saodat Rajabova, Qurvonoy Yo’ldosheva, Poshshajon Sultonova, Gulbahor Ro’zimatova, Sharifa Qalandarovalar edilar.

1970 yillar o’rtalab yangi o’qish yili ham eshik qoqib qolgandi. Lermantov nomi bilan ataluvchi ulug’ dargoh tuman xalq ta’limi bo’limi orasida o’z obro’ va mavqeiga ega bilim maskanlaridan biriga aylangan edi.

1975 yil 27 avgust kuni xalq ta’limi bo’limi mudiri maxsus buyrug’i bilan xalq ta’limi xodimlari avgust kengashi seksiya ishida faol qatnashib, ma’ruza qilgan boshlang’ich sinf muallimasi Rahima Ro’zimova va Jumanazar Matjonovga tashakkurnoma e’lon qilingandi. Ximiya — biologiya fani muallimasi Anorgul Rahmatillaeva ham bu tashshakurnomaga sazavor bo’lgandi. Bu maktab jamoasi

yoshlarga ta’lim — tarbiya berish sohasida yuksak niyatlar sari belni mahkam bog’lab ishlayotganliklaridan yorqin dalolat edi. Ko’pgina ilg’or, tajribali maktablar ham ba’zi sohalarda jamoaga orzu havas bilan qarar edilar. Shu – o’quv yilidan Zevarjon Sotimova turmush qurib ish joyini Dimitrov nomli maktabga o’zgartirib ketdi.

Baxtiyor Sultonov qo’shni Beruniy nomli maktabga ishga o’tdi. O’zbek tili va adabiyoti fani muallimasi Gulbahor Bekjonova kelib ish boshladi.

Maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari Ozod Ollaberganov bosh miya og’rig’idan ko’pdan buyon nolib kelar edi. Uni hastalik nafaqasiga kuzatishga to’g’ri keldi. Maktabga laborantlik shtati berilib, unga ma’sul qilib Oysulton Onnamurodova tayinlandi. Xalq ta’limi sohasidagi uzluksiz jarayonga diqqat bilan nazar tashlagan kishi maktablarda muallim kadrlarga hamisha muhtoj ekanligi va ular qo’nimsizligi davom etayotganining guvohi bo’ladi. Bu tanqislikdan 20 — son umumta’lim maktabi ham holi emasdi, albatta. Muallimlar kamchilligi va qo’nimsizligi esa ta’lim — tarbiya jarayoniga ma’lum darajada salbiy ta’sir qilardi. Sinfxonalar ham yetishmasdi. O’quv tarbiya mashg’ulotlari ikki smenada davom etardi.

1974 — 75 o’quv yilida 56 nafar o’quvchi yozgi davlat imtihonlarga qo’yilib, ularning deyarli hammasi qo’llariga yetuklik attestatlarini olishga muvaffaq bo’lishdi. 7 nafar o’quvchi «a’lo» baholarga o’qiganligi sababli sinfdan — sinfga imtihonsiz ko’chirildilar. Ular Otanazar Yoqubov, Zamira Madaminova, Mohim Alieva, Xudargan Qurbonov, Shirin Jumandurdieva, Marol Nazarova, Anorgul Rahimovalar edilar.

Bu o’quv davrida muallimlar tarkibi quyidagicha edi: H. Ergasheva direktor, Abdulla Nurjonov, B. Safarboeva, Ozod Ollaberganov o’zbek tili va adabiyoti, Sh. Qalandarov, Q. Yo’ldoshev, Z. Jumaniyozova, J. Izbostiev, A. Eshjonov, Y. Rajabovlar rus tili va adabiyoti, B. Sharipov, J. Bakiev, T. Dushamov, Q.Qo’chqorovlar fizika — matematika, J. Xolliev, J. Matjonov, R. Qurbonovlar tarix — geografiya, E. Matkarimov, A. Rahmatillaevalar ximiya — biologiya, R. Bekjonov fransuz tili, N. Ollayorov, B. Jumandurdiev, R. Yo’ldoshaev, Q. Matkarimov, G. Qozoqov, R. Ro’zimova, O. Tojievlar boshlang’ich sinflarga saboq bersa, Q. Qalandarov, O. Ibodullaevlar jismoniy tarbiya darslarida yoshlarni chiniqtirar edilar. O’qituvchilar kunduzi yosh yigit — qizlarga fan sirlarini o’rgatish bilan kechki qishloq yoshlari maktablarida muallimlik ham qilar edilar. 1977 -78 o’quv yili yakuniga ko’ra 28 nafar yigit — qiz kechki qishloq yoshlari maktabida bilim olib imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgach o’rta ma’lumotli kadrlar safidan o’z o’rinlarini egalladilar. Kechki qishloq yoshlari maktablari faoliyati shunisi bilan farqli ediki, ularda turli sabablar bilan o’z vaqtida o’rta maktablarga jalb qilinmay qolgan yoshlar o’rta yashar, hatto keksalar ham o’qir edilar. Bunga sabab, hukumat umumiy majburiy o’rta ta’lim yuzasidan qabul qilingan qarorga tayanib o’rta ma’lumotga ega bo’lmagan mutaxassislarni o’z xizmat vazifasidan chetlatardi. Kechki qishloq yoshlari maktabini muavffaqiyatli tugatganlar orasidan ham oliy va maxsus ma’lumotli kadrlar yetishib chiqa boshladi. Xalq ta’limi yildan — yilga mustahkamlanib, yosh — yigit qizlarni ilmu ma’rifat so’qmoqlari sari chorlab turardi. Haftaning har payshanba kuni rus tili kuni deb e’lon qilindi. Ba’zi fanlar, ayniqsa fizika — matematika, ashula darslarida o’qituvchilar tanqisligi sezilib turar edi. Shu bois J. Bakiyev, Do’stjonov, Dushamova, Abdrimovlar qo’shimcha darslar olib yoshlarga saboq bera boshladilar. Saboqlarni ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar asosiga ko’chirish zamon talabiga aylangandi. Shu sababli maktabda kinodireksiya qaror topdi. Uning direktori qilib Shermat Qalandarov, yordamchilari qilib Umida Xolmurodova, Hayitgul Qalandarova, kinomexanik qilib Ro’zimat Nurjonov, Bekbo’lsin Abdullaev, Ro’zimboy Masharipov, kassirlar Sharofat Xudoyorova, Oyshajon Mahmudova, nazoratchilar O’g’iljon Ollaberganova, Mehribon Xolmurodova, bezakchi rassomlar lavozimiga Otaboy G’oyibov, Xudoyor Abdrimovlar tayinlandilar.

Kinozal direktori lavozimiga esa Bahodir Abdullaev, Aminboy Ibrohimovlar tayinlandilar. Kinodireksiyaning vazifasi tuman xalq ta’limi bo’limi filmotekasidan kundalik o’quv mashg’ulotlariga doir fimlarni keltirib berish, namoyish qilishdan iborat edi. Ba’zi kunlari badiiy filmlar ham ko’rsatilardi. Ming eshitgandan bir marta ko’rgan afzal degan xalq maqoli bejiz ishlatilmagan ekan. Kinofilmlar bilan saboq o’tish muallimlarga ham o’quvchilarga ham qo’l kelardi.Hayotning o’qilmagan sahifalari ham ko’p ekan.

1979 yil 2 oktyabr kungi 33 — sonli buyruqqa ko’z tashlashning o’zi kishiga qanchalar g’am anduh yuklaydi:

«Maktab atrofidagi paxta maydonlarida g’o’za bargini sun’iy to’kish uchun ximiyaviy modda sepilgani bois ehtiyot choralari ko’rilsin:

Maktab hududidagi suv olish qudug’i berkitilib, undan suv olish to’xtatilsin. Ichimlik suvi o’quvchilarga qaynatib berilsin. Suv saqlanadigan idishlarning hammasi maktab ichkarisiga o’tkazilsin:

O’quvchilarning tanaffus vaqtida dam olishlari maktab yo’lagi va majlislar zaliga ko’chirilsin. Bu borada o’qituvchlar nazorati kuchaytirilsin. Ma’suliyat maktab xo’jalik ishlari bo’limi mudiri M.Hayitov zimmasiga yuklatilsin.

Maktab direktori N. Bobojonov».

Maktabga yangi oliy va maxsus bilim yurtlarini tugallab qaytgan ziyolilarning yangi oqimi kelishi va ba’zilarining ish joylarini o’zgartirib turishlari hali ham davom etar edi.

Rus shoiri M.Yu. Lermontov nomi bilan atalmish o’rta maktab bag’rini tugallagan yoshlar yettuklik atestatsiyalarini olib oliy va maxsus bilim yurtlariga o’qishga jo’nar, qolganlari esa turli kasblarni egallab ro’zg’or tebratar, yoshlarning aksariyat ko’pchiligi qishloq xo’jalik sohasini tanlar edilar. Maktabda ta’lim tarbiya ishlari Respublika xalq maorifi vazirligi belgilagan dastur asosida davom etardi. Dasturda belgilangan ta’lim-tarbiya jarayoni yoshlarni o’zlari sevgan kasb-korlarini egallashlari uchun imkoniyatlar tug’dirayotgani quvonch ustiga quvonch edi.

Maktablarni oliy va maxsus ma’lumotli ziyolilir, ayniqsa rahbar hodimlar bilan ta’min etish tuman xalq ta’limi bo’limi oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanardi.

1970- yillar oxirlari 1980 -yillar boshlarida maktablarda texnik vositalarni sozlash va boshqarish asoslari dasturga kiritilganligi bu vazifani yanada qiyinlashtirdi. 1980 — 81 o’quv yilidan Bekdurdi Boyjonov texnikani o’rganish yo’nalishi instruktorligidan ozod etildi. Chet tili o’qituvchisi maktabda yoshlarga ta’lim — tarbiya berish bilan birga tuman xalq ta’limi bo’limi filmotekasiga mudirlik qila boshladi. Turli fanlar va boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’tilayotgan mavzular bo’yicha qisqa metrajli, hujjatli va badiiy filmlardan ko’proq foydalana boshladilar. Bu o’qituvchi va o’quvchi ucnun ham nihoyat foydali va samarali edi. Boshlang’ich ta’lim muallimi Guliston Mavlonova «Moskva» nomli sakkiz yillik maktabga biologiya fani o’qituvchisi bo’lib, ximiya fani o’qituvchisi Egambergan

Matkarimov esa boshqa ishga o’tib ketdi. Ularning o’rnini Zulfiya Bekjonova egalladi. Zulayxo Masharipova kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyachilik qila boshladi. Turkman tili va adabiyoti fani muallimasi Xoljon Tog’onova turar joyini o’zgartirib, Turkmanistonga ketganligi uchun o’z vazifasidan ozod etildi. Bekposhsha Jumaniyozova oliygohni bitirib kelib boshlang’ich ta’lim muallimasi bo’lib ishlay boshladi. Qimmat Takaeva ham bu orada turmushga chiqib ishdan bo’shab ketdi. O’z – o’zidan ma’lumki bunday «keldi — ketdilar» ta’lim -tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatar edi.

Xalqimiz muz ostidan ham suv oqadi deb bekorga aytmaydi. Zalvorli hayot o’z haq-huquqi yo’lida shiddatkor odim otardi. Xalq xo’jaligidagi qator ilg’or olg’a siljishlar singari xalq ta’limi sohasida ham muayyan yutuqlar qo’lga kiritilayotgandi. O’tkazilayotgan fan olimpiadalarida 20- son umumta’lim o’rta maktabi yoshlari o’z o’rinlarini muhim va mustahkam egallab borar edilar. Ilm dargohimizni bitirib chiqqan yoshlarning oliy va maxsus bilim yurtlarida ta’lim olib o’z sohalari bo’yicha ishga qaytayotganliklari hammani quvontirardi. O’qituvchilar safi esa sekinlik bilan bo’lsa ham kengaygandan kengayib borar edi.

26

 

5-rasm. 20 -son umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchilari jamoasi (1980 yillarda).

1980- yillar boshlari xalq hayotining hamma tarmoqlari qatori xalq ta’limi tizimida ham islohatlar o’z natijasini ko’rsatib ijobiy olg’a siljishlar davom etayotgan pallaga aylandi. Muallimlarning o’qitish stavkalari oshib, maoshlari ko’tarildi (5-rasm). Maktablar fan va ishlab chiqarish uyg’unligi yo’lida faoliyat yurita boshladi. Ta’minot tubdan yaxshilanib ish qurollari, ishlab chiqarish uchun xom ashyo kela boshladi. Bundan maqsad o’rta va umumta’lim maktablarida ta’lim tarbiya olayotgan yoshlarni shu yerni o’zida biron bir kasb egasi qilib tarbiyalashdan iborat edi.

Oradan yillar o’tdi. Yosh avlodni  hunarli, kasbu korli qilishga talab kuchaygandan — kuchaya bordi. Maktablarda qishloq xo’jalik mashinalarini ta’mirlash va boshqarish o’quv ishlab chiqarish dasturiga qo’shimchalar kiritildi. Qiz bolalar ko’pincha tikish, to’qish, chorvachilik, ipak qurtlarini asrash kabi yo’nalishlarni o’rganar edilar. Xullas, ixlos e’tiqodli yigit turli fanlardan yetuk o’rta ta’lim olish bilan birga biron bir kasb egasi bo’lib chiqishi uchun hamma imkoniyatlar muhayyo edi. Yana bir qiziq holat. hukumatning umumiy majburiy o’rta ta’lim to’g’risida qabul qilgan muhim qarori bo’lishiga qaramasdan 1981-82 o’quv yilidan maktab sakkiz yillik maktabga aylantirildi. Tabiiy-ki, maktab o’qituvchilari, ishchi-xizmatchilari qisqartira boshlandi. Yoshlar qo’shni maktablarga sarson bo’lib qatnay boshladilar.

Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida «notekisliklar» paydo bo’la boshladi. Korxona, tashkilot, jamoa xo’jaliklarida buyruqbozlik, qo’shib yozishlar boshlangandi.

Davlat va jamiyatni aldash rahbarlar orasida shaxsiy boylik orttirish, mansabni su’istemol qilish zo’raygandan zo’rayib borardi. Bu holatning xalq ta’limi tizimiga ham salbiy ta’siri bor edi. Oliy o’quv yurtlari, maxsus bilim maskanlari, maktab o’quvchilari sentyabr oyi boshidan toki dekabr oyi o’rtalariga qadar paxta yig’im terimiga jalb etilardi. Ular ko’pincha qishloqlardan chekka joylardagi dala shiyponlari, insonlarning uy joylarida yashab paxta terishga majbur edilar. Ko’p hollarda insonlarning yashashi uchun zaruriy shart sharoitlarning mavjud emasligi, sanitariya — gigena talablariga javob bermaydigan joylarda yashash, qishning izg’irin ayozida paxta terish yoshlarni turli kasalliklarga giriftor etar edi. Noroziliklar kuchayib borar edi. Talabalar va maktab o’quvchilarining kiyim kechak, oziq — ovqat, tibbiy xizmat tomondan ham siquvga olish kuchayib borardi.

Maktabga adolatli rahbarlik qilib kelayotgan Narimon Bobojonovning salomatligi pasayib, u kishi qon bosimi va boshqa kasalliklaridan nolir edi. O’z hohish istak arizasiga binoan 1981 yil oktyabr oyida direktorlik vazifasidan ozod etildi va 27 oktyabr kuni farzandlari, ustoz-shogirdlarini ham o’tiga tashlab olamdan ketdi. Bir oy o’tar o’tmas

uzaytirilgan guruh rahbari Jumaboy Davlatov ham oradan ketdi. Bu yo’qotishlar maktab uchun og’ir judolik edi, albatta. Hikoya qilmoqchi bo’lgan quyidagi voqea ham ta’lim — tarbiya ishiga doirdir. Yozgi davlat imtihonlari tugab yoshlar qadrdon maktablari, aziz ustozlari bilan xayrlashish kechasiga to’plangan edilar. Ilm tolibu tolibalari oldida turgan kelajak rejalari bilan o’rtoqlashar, ustozlardan maslahat, o’git so’rardilar. Dasturxon esa turli noz ne’matlar bilan bezalgan. Umumta’lim maktabining 11- sinfini bitirdi degan gap, yosh yigit- qiz mustaqil hayotga qadam qo’ydi degan gap edi. Shu bois yoshlarning ko’pchiligi ustozlaridan yashirincha holda bitiruv kechasiga spirtli ichimliklar ham olib kelgan ekanlar. Kecha davomida biron nojo’ya harakat bo’lmasa ham bu gap qandaydir yo’llar bilan  tuman xalq ta’limi bo’limi rahbarlari qulog’iga yetib boradi va «tekshir — tekshirlar» boshlanib ketadi. Oxir oqibat maktab direktori vazifasini bajaruvchi Bozorvoy

Sharipov tuman xalq ta’limi bo’limi kengashida hayfsan oldi va bu masala hamma umumta’lim maktablarida muhokama qilindi. Shu yilning 2-dekabr kunidan qishloqdagi

4 — son umumta’lim o’rta maktabi o’zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Egambergan Jumaboyev maktabga direktor qilib tayinlandi. Shermat Qalandarov esa tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari bo’lib ishlay boshladi. E. Matkarimov, Shukurjon Otajonovalar ham direktor o’rinbosarlari lavozimda faoliyat ko’rsatib, yoshlar kelajagi yo’lida bor kuch g’ayrat, bilim, tajribalarini  Yoqutjon Masharipova yoshlar yetakchisi  lavozimida faoliyat yurgiza boshladi. 1984 yil birinchi sentyabrdan Zulxumor Safarboeva

 26

 

6-rаsm. 1981 yil. M.YU. Lermontov nomli   baynalminal  maktab  jamoasi.

maxsus o’rta bilim yurtini bitkazib boshlang’ich sinflarda muallimlik qila boshladi. Geografiya fani o’qituvchisi Orazgaldi Jumaev o’z arizasiga binoan vazifasidan bo’shadi.

Chet tili o’qituvchisi B. Bobojonov «Moskva» nomli sakkiz yillik maktabga ishga o’tkazildi. Rus tili va adabiyoti fani muallimasi Salomat Saidova K. Marks nomli sakkiz yillik maktabga ishga o’tib ketdi. Ilm dargohidagi «ko’ch – ko’chlar» muallimlarni qiyin ahvolga solib qo’yar, ko’chganlarning darslarini mutaxassislarga ba’zida mutaxassis bo’lmaganlarga bo’lib berishga majbur bo’linardi. Yillir o’tar shogirdlar maktabimizni bitirib ketar va muallimlarni almashtirish jarayoni davom etardi. Men o’zim ham geografiya fani bo’yicha yoshlarni ilm so’qmoqlaridan yetaklab ularni o’z izimga ergashtira boshladim. Viloyat, Respublika bilimlar sinovlarida muvaffaqiyatli qatnashib ular Ittifoq doirasiga ko’tarilganidan suyinar edim. Yaxshisi bu haqda sal keyinroq to’xtalib o’tarman. Negaki, o’sha yilda meni tuman xalq ta’limi bo’limiga ishga taklif etdilar. Zalvorli yillar davom etardi.

1985 — 86 o’quv yilidan maktabga Duschanov Baxrom, Salomat Rajabova, Zokir Yoqubovlar Mexnat, matematika, chet tili fanlaridan oliy ma’lumot olib safga qo’shildilar. Zulayxo Masharipova boshlang’ich ta’limdan saboq bera boshladi. Salomat Nurjonova ish o’rnini Maqsuda Hayitova bilan almashtirdi. Rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Qilicheva «Bunyodkor» sakkiz yillik maktabga ishga o’tdi.

Yangi o’quv yilidan yosh ziyolilarning ishga kelishi tabiiy hol edi. 1986-87 — o’quv yilida Zamira Ismoilova, K. Xolmatov, M. Raxmonova, Muyassar Polvonovalarning boshlang’ich sinf, rus tili va adabiyoti, matemktika fanlaridan mutaxassis bo’lib kelganliklari hammani quvontirdi. Gulzebo Mavlonova kuni uzaytirilgan guruhda tarbiyachi bo’lib ish boshladi.Maryamjon Karimova ham shu o’quv yilidan ishga o’rnashdi. 1987 yil yanvar oyidan Ochildi Tojiev tuman xalq ta’limi bo’limi uslubiyat xonasiga ishga taklif etildi.

Kechki qishloq yoshlari maktabi ilm tolibu tolibalari ham yozgi davlat imtixonlarini muvaffaqiyatli topshirib, o’rta ma’lumot olishga shaylanar edilar, ammo maktab sakkiz yillik maqomda bo’lganligi sababli ularning yettuklik attestatlari Lenin nomli o’rta maktab muhri bilan  tasdiqlandi. 17 nafar o’quvchiga yettuklik attestati topshirilgani biz uchun ham ular uchun ham quvonarli voqea edi. Bu o’quv yilida ham M. Eshjonova, E. Masharipova, A. Jumaniyozova, Donogul Yoqubovalar oliy maxsus bilim yurtlarini bitkazib ish boshladilar. Rus tili va adabiyoti fani muallimi Xudargan Qilichev esa «Moskva» sakkiz yillik maktabiga ko’chirildi. Maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari Shermat Qalandarov «Kolos» sholichilik davlat xo’jaligida yangi ochilgan 38- son sakkiz yillik maktabiga direktor qilib tayinlandi. Geografiya fani o’qituvchisi Rajab Gurbonov o’z arizasiga ko’ra vazifasidan bo’shab ketdi. Zevarjon Nurillaeva Makarenko nomli maktabga biologiya fani muallimi qilib tayinlandi.

1988-89 o’quv yili ham boshlanib ketdi (7 -rasm). Malika Hajieva rus tili va adabiyoti fanidan yoshlarga saboq bera boshladi. Jumanazar Xolliev, Erkinoy Masharipovalar Makarenko nomli sakkiz yillik maktabga ko’chirildilar.

 27

 7-расм. 1989 йил М.Ю. Лермонтов номли байналминал мактаб жамоаси.

Tuman xalq ta’limi bo’limida ishlayotgan Ochildi Tojiev maktab direktorining boshlang’ich sinflar bo’yicha o’rinbosarligiga tayinlandi. Ro’zimat Bekjonov chet tili muallimi qilib «Bunyodkor» maktabiga ko’chirildi. Mehnat va fizika fani o’qituvchisi Aziza Jumaniyozova Lenin nomli o’rta maktabga o’z sohasi bo’yicha ishga o’tib ketdi. Otaxon Ibodullaev Makarenko nomli sakkiz yillik maktabgi jismoniy tarbiya o’qituvchisi qilib tayinlandi. Yuqoridagi misollardan maktabda ta’lim tarbiya ishlari nihoyat og’ir va sinov, qiynovli kechganini anglash mumkin edi.

Maktabimizda ta’lim — tarbiya ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida yoshlarni tarixiy va madaniy shaharlarga sayohatlari uyushtirib turilardi. Ular Xiva, Ko’hna Urganch, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlariga sayohatlardan olam-olam taassurotlar bilan qaytar edilar. Bu borada maktab tarix-geografiya fani o’qituvchisi Jumanazar Matjonov rahbarlik qilayotgan «Yosh o’lkashunoslar» to’garagi a’zolari faol harakat qilar edilar.

Kutilmaganda maktab o’qituvchilarini attestasiyadan o’tkazish boshlandi. Endi ular yana bir siquv sinovini o’z boshilaridan kechirishga majbur edilar. Maktab direktori E. Jumaboev atteatasiya raisi, kasaba uyushma qo’mitasi, firqo qo’mitasi kotiblari J.Bakiev, J. Matjonovlar a’zo qilib tasdiqlandilar. Attestasiya tuman, viloyat oliy bosqichlari ham bo’lib, o’z savodini oshirmay, zamon bilan hamqadam yura olmagan muallim va muallimalar o’z xizmat vazifasidan ozod etildilar, ayrimlarining o’qitish soatlari kamaytirildi va lavozimlaridan pasaytirildilar.

O’quvchi yoshlar orasida fanlar bo’yicha sinov — olimpiadalar boshlanib ketdi. Muallimlar o’zlari saboq berayotgan fanlardan ixlosli shogirdlarni tuman, viloyat, respublika, Ittifoq bosqichlariga tayyorlay boshladilar. J. Bakiev, N.Abdullaev, T. Dushamov, A. Rahmatillaeva, R. Bekjonov, G. Bekjonova, Q. Yo’ldoshev, J. Matjonovlar o’z fanlaridan Sh. Qalandarov, Z. Sharipov, N. Masharipov, I.Sharipov, R. Jumandurdiev, U. Salomov, D. Ollaberganova, B. Uzoqov, G. Sarievalarni fan sinovlariga tayyorlash ishlariga kirishib ketdilar. O’quvchilar sinovlarda o’z ustozlari ta’lim — tarbiyaning puxta va pishiqligini namoyish etar edilar. Bu borada tarix- geografiya fani muallimi J. Matjonov ilgarilab boraverdi.

O’z kasbiga fidokor muallimlarning bir guruhi tashakkurnomalarga sazovor bo’ldilar. Maktab radiouzeli ishga tushdi. Davr to’fon to’zonlar bilan 1990 yillarga yaqinlashib qolgandi. «Ko’ch-ko’ch»lar hali tugamagandi. Yana bir o’quv yili ortda qoldi. Maktabga yosh kuchlar Hamro Dushamov, Nuraddin Dushamov, G. Sharipovalar matematika, ximiya fanlaridan oliy ma’lumotli muallim bo’lib ishga keldilar. 1991 yil Mustaqillik yiliga bir bahyagina qolgan edi. Maktab ziyolilari o’z kasb korlariga sadoqatlari ramzida yosh avlod ta’lim tarbiyasida har qachongidan ham mahkam va mustahkam edilar.

  1. Sotimov
  2. Ergasheva
  3. Bobojonov
  4. Jumaboyev
  5. Matchonov

28

 29
 30
 31

32

            Maktab direktorlari faoliyatidan…

Agar  biz maktab  tarixiga  nazar tashlasak   shu dargohga

rahbarlik  qilgan  o’z ishining  fidoyisi bo’lgan  qator insonlarni

tilga olib  o’tamiz.

1967-1973 yillar oraligida  Quronboy Sotimov direktorlik

vazifasini  bajargan.

1973-1978  yillarda  tarix   fani o’qituvchisi Xanifa

Ergashova rahbarlik   qiladi.

1978-1981 yillar  mobaynida   Norimon  aka  Bobojonov  maktab

direktori   vazifasini  bajaradi.

1981-1994 yillar  maktab  jamoasini  boshqarish  direktor

vazifasini  bajarish ishlarini  Egambergan aka  Jumaboyev  olib

boradi. Shu yillar  davomida   maktab yangi  binoga  ko’chib  o’tadi.

Yangi maktab binosi 1990 -yilda  ishga  tushiriladi. Yangi

maktab binosining  tevarak  atrofi  obodonlashtiriladi. Direktor

boshchiligida maktab  bog’iga  turli  xil  mevali  va manzarali

daraxtlar o’tkaziladi.

Ko’rkam va obod  bog’ yaratiladi. Bugungi  kunda  bu bog’ni

ko’rgan  kishining   ko’zi  quvnaydi.

1994-2004  yillarda Jumanazar Matjonov  shu ilm  dargohida

direktorlik  vazifasida  ish faoliyat olib  boradi. J. Matjonov

maktabda ta’lim-tarbiyani  samaradorligiga  katta e’tibor qaratadi.

Maktabda  turli ko’rik-tanlovlar, fan olimpiadalari va boshqa

musobaqalarda maktab  o’quvchilarining tuman   viloyat  respublika miqyosiga olib  chiqishda o’zining  ulkan hissasini  qo’shdi. Respublika  bo’yicha  ommalashgan goegrafiya fanidan  tajriba sinov sinflari  ochdi. O’quvchilari,  shogirdlari bugungi kunda fan  nomzodlari,  olim,   professor  darajasiga  ko’tarildi. D.J.Matjonov direktorlik faoliyati mobaynida qator yutuqlarga erishildi, shulardan ba’zilariga to’xtalib o’tishni lozim deb topdik.1997-yili Matjonov Muzaffar Jumanazarovich geografiya fanidan o’tkazilgan fan olimpiyadasida qatnashib tumanda, viloyatda faxrli 1-o’rinni egalladilar va Toshkent shahrida o’tkaziladigan Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

Toshkent shahrida o’tkazilgan navbatdagi(yakuniy) turida Xorazm viloyati sharafini munosib himoya qildilar, chunki ular 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasida faxrli 3-o’rinni egalladi. Shu yili Al-Xorazmiy nomidagi UrDU ga davlat granti asosida o’qishga qabul qilindi. Bu Xorazm viloyati uchun juda katta muvaffaqiyatlar keltirdi. Chunki u 2002-2004 yili Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya  institutida magistraturani, 2010-yili UzMU da aspiranturani tugatdi. 2006-2007 yili Xitoyda, 2011-2012 yili Portugaliyada tahsil oldi. Geografiya fani bo’yicha fan dosenti, professor darajalarini egalladi.  1992 yili «Sayyohlik yurishi to’garagi»  a’zolari «Tog’ turizmi» yo’nalishida turistik estafeda(bellashuv)da qatnashib tumanda, viloyatda faxrli 1-o’rinni egalladilar va Andijon viloyatida o’tkaziladigan Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar. Andijon viloyatida o’tkazilgan navbatdagi(yakuniy) turida Xorazm viloyati sharafini munosib himoya qildilar, chunki ular 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasida faxrli 3-o’rinni egallagan edilar. Bu Xorazm viloyati uchun juda katta muvaffaqiyatlar keltirdi.  «Sayyohlik yurishi to’garagi» tadbirida  to’garak a’zolaridan Matjonov Otabek, Matjonov Muzaffar, Jumaboev Muxtor, Haitova Jumagul, Karimova Ozoda, Allomova Munavvar, Ro’zmetov Sardor, Eshchanov Laziz kabi 12 nafari qatnashgan edi . 2000 yili «Sayyohlik yurishi to’garagi»  a’zolari «Piyoda turizm» yo’nalishida turistik estafeda(bellashuv)da qatnashib tumanda 1-o’rinni, viloyatda faxrli 2-o’rinni egalladilar.Shovot tumani sharafini munosib himoya qildilar.

«Sayyohlik yurishi to’garagi»  a’zolarining Matjonov Tohir, Matjonova Zuhra, Jumaboev Sarvar, Yaqubov Mansur, Karimova Mavluda, Karimova Nasiba kabi 8 nafari qatnashgan edi ushbu tadbirda. «Iqtidorli bolallar slyoti»  tanlovida 1998 yili Matjonova Zuhra «Ekologiya o’lkashunosligi» yo’nalishi bo’yicha tumanda 1-o’rinni va viloyat bosqichida faxrli 2-o’rinni egallagan. 1999-yilgi «Iqtidorli bolalar slyoti»  tanlovida Matjonova Zuhra Jumanazarovna «Geografiya o’lkashunosligi» yo’nalishi bo’yicha tumanda1-o’rinni va viloyatda ham 1-o’rinni egallab Respublika bosqichida qatnishish sharafini qo’lga kiritdi va shu yilning may oyida Toshkent shahrida o’tkazilgan yakuniy bosqichida Xorazm viloyati sharafini mardonavor himoya qildi va faxrli 3-o’rinni egalladi.  Xuddi shu yilning shu «Iqtidorli bolalar slyoti»  tanlovida, Matjonov Tohir Jumanazarovich ham qatnashgan edi. U «Etnografiya» yo’nalishida qatnashib tumanda1-o’rinni va viloyatda ham 1-o’rinni egallab Respublika bosqichida qatnishish sharafini qo’lga kiritdi va shu yilning may oyida Toshkent shahrida o’tkazilgan yakuniy bosqichida Xorazm viloyati sharafini mardonavor himoya qildi va faxrli 1-o’rinni egalladi. Bu 2 o’quvchi XTV diplomi, Xorazm viloyati hokimining qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandilar. Tohir Matjonov va Zuhra Matjonovalar 2000-yilda Al-Xorazmiy nomidagi UrDU ga davlat granti asosida o’qishga qabul qilindilar.

2004-yildan boshlab 20-umumiy o’rta ta’lim maktabiga  rahbarlik qilish shu maktabda  faoliyat ko’rsatib  kelayotgan mexnat ta’limi fani  o’qituvchisi Boxram Do’schanovga   yuklatildi. 2006 yilda maktab  kapital rekonstruksiya  qilindi.

 

 33

Maktab  yangi o’quv loboratoriya  uskunalari va

kompyuterlar bilan   jihozlandi, Axborot  resurs  markaziga

aylantirildi. Hozirgi  kunda  maktab jamoasida  63  nafar ishchi –

xodimlar ishlab  kelyapti.2005-yili maktabning 2 nafar o’qituvchisi

Halima Fatullaeva va Muborak Nurjonovalar «Xalq ta’limi a’lochisi»

ko’krak nishoni bilan taqdirlandilar.                                                                                                  B. Do`schonov

Bugungi kunda dunyoning xohlagan davlatidan turib 20-maktab haqida ma’lumot olsa bo’ladi, chunki Xorazm viloyatida birinchilardan bo’lib maktab INTERNET tarmoqida o’zining saytiga ega bo’ldi. Bu yutuqda B.Do’schanov rahbarligi ostida EXM fani o’qituvchisi Nuraddin Dushamovning hissasi katta. N. Dushamov 1989 yil Buxoro Davlat oliygohining matematika va informatika fakultetini tomomlagan. 1989 yil 20-son umumiy o`rta ta`lim maktabida matematika va informatika o`qituvchisi bo`lib ishlab kelmoqda. Maktabdagi  ikkita klaster sinfining rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda.Ustoz  jamoada o’zinig  fidoiyligi bilan alohida  ajralib  turadi. U ta’lim berayotgan  o’quvchilarining  bilim samaradorligi  yuqori  darajada. O’quvchilari  informatika  fani  bo’icha har yili o’tkazilib  kelinayotgan fan olimpiadalari va bilimlar  sinovi tanlovlarida  tuman va viloyat  bosqichlarida  qatnashib  faxrli  1-2 o’rinlarni  egallab  kelishmoqda. Shunigdek AKT yo`nalishi bo`yicha 8 ta maktabga rahbarlik qiladi. Bu borada  har oyda bir marotaba o`qituvchilarga AKT bo`yicha seminar trenglar o`tkazib, ularning kompyuter savodxonligini oshirishda qo`lidan kelgan yordamini ayamaydi. Maktabda axborot texnologiyalardan unumli foydalanib ta`lim samaradorligini oshirishda ustoz Dushamovning hissasi beqiyosdir

2007-yili maktabning 2 nafar o’qituvchisi Jumanazar Matjonov va Halima              Fatullaevalar «Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi» pedagoglar tanlovida qatnashib tumanda faxrli 1-o’rinni egalladilar, viloyatda yana shu natijani takrorladilar. Respublika bosqichida esa 3 va 4-o’rinni egalladilar. B.Do’schanovning direktorlik faoliyati davomida uning qo’l ostida ishlaydigan xodimlaridan biri ham borki, uning erishgan muvaffaqiyatlarida avvalo Allohning, qolaversa ustozi va maktab rahbari B.Do’schanovning hissasi kattadir. Shu pedagog va u bilan bog‘liq bo’lgan maktab tarixidagi muvaffaqiyatlar bilan yaqindan tanishishni lozim ko’rdik…