Maktab faxri

 

     Matjonov Tohir  Jumanazarovich 1983 yil 10 yanvar kuni Xorazm viloyat Shavat tuman Chigataykala qishlogida ziyoli oilada tug’ilgan.мм

Ma’lumoti oliy, millati o’zb. 2004 yil avgust oyidan boshlab 20- umumiy o’rta ta’lim maktabida geografiya o’qituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda. 2006-2007 o’quv yilida Shovot TXTB ning Monoq xududida tashkil etilgan 53-liseyga o’qituvchilar tanlab olish uchun e’lon qilingan tanlovda g’olib chiqib, liseyda geografiya fanidan dars berish xuquqini qo’lga kiritgan. Hozir o’sha joyda ham  soatbay hisobida dars beradi.

O’quvchilik yillari: 1999-2000 o’quv yilida  20- umumiy  o’rta talim maktabini «Imtiyozli shahodatnoma»ga  bitkazgan, o’quvchilik davridayoq o’zining tirishqoqligi namunali xulqi bilan  tanilgan. 1997 yildan boshlab  maktabni  tugatguni(2000 yil)gacha geografiya fanidan tuman, viloyat olimpiadalari sovrindori, 2000 yil  Respublika «Yosh geograflar  olimpiadasi» sovrindori. 2000 yilgacha qatorasiga  uch yil  maboynida «Iqtidorli o’quvchilarning o’lkashunoslik bo’yicha  tanlovida tuman, viloyat miqyosida o’tkazilgan bellashuvlarda g’olib chiqib, Respublika miqyosida ham muvaffaqiyatli qatnashib, bir necha bor g’oliblik shohsupasiga ko’tarilgan. 1998-1999 o’quv yilining mart oyida Toshkent shahrida o’tkazilgan «Respublika yosh  iqtidorli o’quvchilar anjumani» bunga yaqqol misol bo’la oladi.

 Ushbu anjumanda Matjonov Toxir  Jumanazarovichning etnografiya yo’nalishidagi  «El e’zozlagan sanatkor» mavzusidagi  maruzasi yuqori baholanib nashrga taqdim etilgan, muallif esa Xalq Ta’limi Vazirligi tomonidan diplom va boshqa qimmatbaho sovg’alar bilan mukofotlangan.

  Talabalik yillari:  2000-yil o’rta maktabni  imtiyozli shahodatnoma bilan tugatgach  davlat granti asosida  Xorazmning markazi Urganch shahridagi «Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat Universiteti» ning  geografiya  kulliyotiga qabul qilingan. Talabalik  yillarida ham qator bellashuvlar, tadbirlar va fan

olimpiadalarida faol ishtirok etib o’zi tahsil olayotgan bilim yurti sharafini munosib himoya qilgan.ии

               2002-2003 yillarda Respublika Oliy o’quv yurtlari o’rtasida o’tkazilgan geografiya  fan olimpiadasida  O’zbekiston Milliy  Universiteti  talabasidan keyin faxrli ikkinchi o’rinni  egallagan. Matjonov Toxir  Jumanazarovich  «Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat Universiteti»ning «Iqtidorli talabalarining birinchi o’nligi»dan o’rin olgan va shu nomdagi hurmat taxtasi(fotostent)da uning fotosurati 7 yil davomida(2003-2010yillar) Iftixor sifatida  saqlanib kelgan.

Sevimli mashg’uloti(Xobbisi):

Kompyuter dasturlari va chet tillari o’rganish. Komp’yuter texnikasini tushunadi va uning imkoniyatlaridan juda o’rinli va samarali  foydalanadi.

WORD, EXCEL, INTERNET, ZiyoNET, Mail.ru Agent, Skipe dasturlari imkoniyatlaridan ish faoliyati davomida samarali foydalanib kelmoqda. Shaxsiy

kompyuteri orqali har kuni INTERNET orqali yer yuzining barcha mamlakatlaridagi do’stlari va tanishlari bilan aloqada bo’ladi, ZiyoNET orqali mutaxassisligiga oid yangiliklar bilan tanishib boradi. Shu asnoda o’z ustida ishlaydi.

Elektron pochta manzili Tohirjon83@mail.ruTohirjon83@rambler.ru.

Bir necha chet tillarini biladi, jumladan, ingliz tili, rus tili, fransuz tili, turk tillarini puxta egallagan.  Shu paytgacha o’tgan (2004-2011 o’quv yili) «Ochiq dars va  mashg’ulotlari» kuzatuvchilar tomonidan faqat «Yaxshi» va «Alo» baholarga  baholangan.

Fan olimpiadalari natijalari: O’qituvchining samarali  mexnati o’quvchilarining  barkamol shaxs sifatida shakllanishida o’z samarasini bermoqda. Ish faoliyatida yildan yilga  faqat muvaffaqiyat va  ko’tarilish seziladi. Buni tubandagi faktlardan ham ko’rish mumkin. Matjonov Toxir Jumanazarovichning ilk olimpiyadachi o’quvchisi Qizlargul Karimova tumanda mutloq g’olib bo’lib, viloyat fan olimpiadalarida. 2004-2005  o’quv yilidan 2-o’rinni,  2006-2007 o’quv yilida  viloyatda 1- o’rinni, Respublikada 78.7 ball to’plab 4-o’rinni  egalladi. 2007-2008 o’quv yilida esa Matjonov Tohir  Jumanazarovichning o’quvchisi Matsafaeva Dinora Qudratovna 9-sinflar o’rtasida geografiya fanidan o’tkazilgan fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli qatnashib  I tur(maktab) 1-o’rinni,II tur(tuman) 1-o’rinni, III tur(viloyat) bosqichda 2-o’rinni egallagan bo’lsa, 2008-2009 o’quv yilida esa 9-sinflar o’rtasida geografiya fanidan o’tkazilgan fan olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib I tur(maktab), II tur(tuman), III tur(viloyat) bosqichlarida ketma-ket 1-o’rinni egallab, 88,8 ball to’plab mutloq g’oliblikni qo’ўlga kiritdi va ustozi, maktabi, tumani, viloyat sharafini munosib himoya qildi.2010-11 o’quv yilida fan olimpiadasida 9-sinf o’quvchisi Matsafaeva Nodira tuman bosqichida 1-o’rinni egallab viloyat bosqichida 83.3ball to’plab faxrli 1-o’rinni egallab mutloq g’oliblikni qo’lga kiritdi.

2011-2012 o’quv yilida ham tuman fan olimpiyadasida 88 ball to’plagan holda 1-o’rinni oldi va 3-tur viloyat bosqichida qatnashish imkonini qo’lga kiritdi.

Fan bellashuvlari natijalari: 2010-11 o’quv yilida «Fan bellashuvlari»da geografiya fanidan  8-sinflar o’rtasida Matsapaeva Nodira 76 ball to’plab tumanda 3-o’rinni,     9-sinf o’quvchisi Karimova Gulnishon tuman bosqichida 1-o’rinni egallab viloyat bosqichida 78 ball to’plab faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.  2011-2012 o’quv yilida tuman bosqichida 6-sinf o’quvchisi Rahimberganova Sadoqat 84 ball to’plab faxrli 2-o’rinni, 7-sinfda Sayilhonova Nasiba 86 ball to’plab faxrli 2-o’rinni, 8-sinfda Do’schanova Xursandoy 76 ball to’plab faxrli   2-o’rinni egalladilar.2004-2011 yillar davomida Matjonov Toxir  Jumanazarovichning o’quvchilari «Iqtidorli bolalar (slyoti)anjumanlari» va «Yosh o’lkashknos sayyohlar bellashuvlari»da tuman va viloyat miqyosida 1-o’rinni olib g’oliblikni qo’ldan bermay kelmoqdalar.

Matjonov Tohir  Jumanazarovichning o’quvchi-shogirdlari bir qismi bugungi kunda yurtimizning turli nufuzli Oliygohlarida tahsil olmoqda, yana bir qismi esa Oliygohlarni muvaffaqiyatli yakunlab Umumiy o’rta ta’lim va Oliy ta’lim  muassasalarida ish faoliyatini boshlab yuborishdi.

            O’qituvchi bu  muvaffaqiyatlarga erishishda o’z izlanishlariga tayanadi.  Ilmiy va metodik bilim, ko’nikma va  mahoratini oshirishga  harakat qiladi.  hozirgacha viloyatda  birinchi geografiya va o’lkashunoslik xonasini jixozlay bildi. O’lkashunoslik muzeyi  faoliyatiga asos soldi. Bugungi kunda  fan kabineti va  o’lkashunoslik muzeyida o’qituvchining o’zi va o’quvchilari kuchi bilan tayyorlangan yuzlab ko’rgazmali qurollar, minglab tarqatmali va didaktik materiallardan to’plangan.  O’z ichiga bir nechta  ming test jamlangan  test banki tashkil etilgan. U yaratgan test qurilmasi «Noyob ko’rgazmali qurollar» tanlovi tuman va viloyat bosqichlarida 2-o’rinni oldi va  muallif faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Ish faoliyati davomida orttirgan tajribalari bilan tuman, viloyat hamda INTERNET orqali Respublikamiz va Xorijiy davlat geografiya fani  o’qituvchilari va mutaxassisilari bilan o’rtoqlashib, o’zaro tajriba almashinib kelmoqda.

Ish tajribasining ommalashtirilganligi:

  2006-2007 o’quv yilida»Geografiya fanidan talim — tarbiya  berishning optimal  variantlari mavzusidagi ilg’or ish tajribasi tuman, viloyat  miqyosida ommalashtirilgan.» 2010 yil «Geografiya darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish» mavzusida ish tajribasi RTM tomonidan Respublika miqyosida ommalashtirildi

         Respublika pedagogik o’qishlari tanlovi:  2007-2008  o’quv yilida  «Geografiya ta’limida pedagogik texnologiya nazariyasi va ta’lim taraqqiyoti (Geografiya fanidan  modernizasiya qilingan o’quv dasturi va darsliklarini tajriba-sinovdan  o’tkazish tajribasidan)» mavzusidagi metodik maruzasi bilan tuman va viloyat bosqichlarida 1-o’rinni olib mutloq g’olib bo’lib,

Navoiy viloyatida bo’lib o’tgan Respublika ped o’qishida muvaffaqiyatli ishtirok etib yuqoridagi natijalarni takrorladi.

            TSM dagi ish faoliyati:    O’qituvchining izlanuvchanligi, chuqur bilimi va  metodik saloxiyatini xisobga olib  2006-2007 o’quv yilidan boshlab  O’zbekiston Xalq talimi  vazirligining  2004 yil 3 oktyabr 198 buyrug’i, Xorazm  VXTB ning  2004 yil 14 noyabr va  20 umumiy o’rta talim maktabi direktorining 2004 yil  30 noyabr №6/6 buyrug’i asosida 20 son umumiy o’rta talim maktabida tashkil etilgan viloyat tajriba-sinov maydoniga eksperimentator o’qituvchi qilib  tayinlangan. Tajriba-sinov natijalari sifatida o’qituvchining «O’rta osiyo  va O’zbekiston  tabiiy geografiyasi, «O’zbekiston  iqtisodiy geografiyasi», «Jahonning iqtisodiy ijtimoiy geografiyasi» fanlari  dastur va darsliklari  yuzasidan  o’nlab taklif va etirozlari Respublika Talim Markaziga  taqdim qilingan.2008-2009 o’quv  yilida  «Geografiya fanidan  modernizasiya qilingan o’quv dasturi va darsliklarini tajriba-sinovdan  o’tkazish «ning so’ngi bosqichini ham muvaffaqiyatli yakunladi. TSM faoliyatidagi sidqidildan qilingan mehnatini hisobga olib RTM mas’ul xodimlari Matjonov Toxir Jumanazarovichni «O’zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi»

  Ko’krak nishoni bilan taqdirlashga  tavsiya etdilar va 01.10.2009 yili shu nishon bilan taqdirlandi.O’qituvchi maktab jamoasi orasida o’zining chuqur anglay olishi  va tashviq  qila bilishi bilan chuqur obro’- etiborga ega. U raxbarlik qilayotgan 9  sinf  2007-2009 o’quv yilini  99,5 % davomat  100% o’zlashtirish va 86 % sifat samaradorligi bilan yakunladi.

 Faoliyat davom etmoqda.     

 

 

 

 

 

 

 

Xorijda tajriba almashish(GFR stajirovkasi): 2008-2009 o’quv yilining aprel-may oylarida «Osiyo Taraqqiyot Banki»ning «Ta’lim sektorini rivojlantirish loyihasi» dasturi granti asosida Germaniya Federativ Respublikasida o’quv seminarida qatnashib, o’zaro tajriba almashib malaka oshirib keldi. Xorij stajirovkasida malaka oshirib to’plagan ma’lumotlari va  o’rgangan yangiliklarini amaliyotga tadbiq etish yuzasidan shaxsiy taklif va mulohazalarini reja asosida Respublika Ta’lim Markaziga va Xalq Ta’limi Vazirligiga elektron va yozma variantda taqdim etib kelmoqda.    

            Tanlovlarda ishtiroki: 2009-2010 o’quv yilida Matjonov Toxir  Jumanazarovich «Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi» ko’rik tanlovida munosib ishtirok etib, tumanda (95ball) 1-o’rin, viloyatda 2- o’rin(89ball)ni egalladi.

2011 yil yanvarida Tohir Matjonov Jumanazarovich rahbarlik qilayotgan 20-umumta’lim maktabining eng zukko o’quvchilaridan saralab olingan 25 a’zosi bo’lgan «Bilimdonlar klubi» tumanning 43-umumta’lim maktabi bilimdonar klubi bilan o’tkazilgan «Bilimdonlar bellashuvi»da g’olib bo’ldi. 

An’anaviy avgust kengashlarida ishtiroki:    24.08.2009y.dagi «An’anaviy avgust kengashi» sho’ba yig’ilishida qatnashdi va kengash qatnashchilariga «O’zbekiston va GFR ta’lim tizimi istiqbollari» mavzusida prezentasiya qildi.

 

 

Kengash so’ngida kompakt disklarda   tuman pedagog-xodimlari, geografiya fani o’qituvchilari uchun qator ma’lumot(prezentasiya va dars ishlanmalari, elektron darslik)lar jo’natildi va trening qatnashchilari bugungi kunda shu ma’lumotlardan asos sifatida keng foydalanib kelmoqdalar.

2009-2011 yilgacha tadqiqotchi o’qituvchi sifatida viloyat va tuman miqyosida o’tkazilayotgan qator anjumanlar, metodik kunlar va avgust kengashlarida ma’ruzalar o’qib kelmoqda. Har yili kengash so’ngida Viloyat va Tuman hokimligining faxriy yorliklari va qimmatbaho sovg’alari bilan mukofotlanadi. 

Ta’lim samaradorligini ko’tarishda tajribalardan unumli foydalanish bo’yicha reja va dasturlar(muassasa va tashkilotlar bilan aloqalari):

25.06.2009y.da Ta’lim samaradorligini ko’tarishda tajribalardan unumli foydalanish shaxsiy faoliyat dasturi rejasi maktab, Shovot TXTB metodika kabineti,  Xorazm VXTB VTM, Xorazm viloyati XTX?TMOI, Al-Xorazmiy nomidagi UrDU geografiya kafedrasi va RTM bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Ushbu dastur yuzasidan amalga oshirilgan ishlar 2009-2010 yillarda  xisoboti tayyorlanib bosma nusxada  va internet tarmoqi orqali  elektron varianti XTV(elektron pochtasi)ga  taqdim etildi.Tajribalarni o’rtoqlashish maqsadida Xorazm viloyati XTX?TMOI  bilan 2 yil (02.09.2009y-02.09.2011y.gacha) muddatga o’rindoshlik bo’yicha mehnat shartnomasi imzolandi va shu asosda

ish faoliyati ushbu muassasada ham davom ettirilmoqda.

2009 yil oktyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Abdulla Avloniy nomli XTX?TMOMI Direktorlar zaxirasini tayyorlash kursi tinglovchilari va bilvosita (kompakt disklar orqali)  ular ishlayotgan viloyat va tuman pedagog-xodimlari uchun dars ishlanmalari va tavsiyalar taqdim etildi, jarayon davom etmoqda…

  Ta’lim tizimini rivojlantirish masalasida OAV (gazeta, jurnal, radio, televidenie, internet v.h.) larda chiqishlar:

Ta’lim tizimini rivojlantirish masalasida «Hozirgi zamon O’zbekiston ta’limi va uning qiyosiy tahlili (O’zbekiston-Germaniya ta’limi misolida)» mavzusida Xorazm

televideniesida»An’anaviy avgust kengashi» sho’ba yig’ilishidan maxsus reportajda so’zga chiqdi.»O’zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi» Matjonov Tohir Jumanazarovich 24.08.2009yil va 11.11.2009y.dagi  televideniyadagi reportajlaridan keyin  Xorazm viloyati barcha ta’lim muassasalari pedagog-xodimlari, jumladan ,geografiya fani o’qituvchilariga Ta’lim samaradorligini ko’tarishda yaqindan yordam ko’rsatmoqda. O’z tajribalaridan unumli foydalanib, prezentasiya va dars ishlanmalari, elektron darsliklar yaratib joylarga yetkazishni ta’minlash uchun VXTB, TXTB metodistlariga taqdim qilib kelmoqda. Natijada, kutilganidek

xodimning tashabbusi bilan ta’lim sifatida sezilarli siljishlarga erishildi.

«Geografiya fanlarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari» mavzusida Xorazm televideniesida «Yurt tayanchi» ko’rsatuvida   Xorij stajirovkasida orttirilgan tajribalar bilan o’rtoqlashish maqsadida «O’zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlanganligi munosabati bilan maxsus ko’rsatuvda chiqish qildi.

 

 

 

 

«Talim texnologiyalari»ilmiy uslubiy jurnali 2011 yil 3-sonining tanishuv qismida Tohir Matjonov Jumanazarovichning ilg’or tashabbuskor o’qituvchi sifatida ish faoliyati rasmlar bilan  keng yoritilgan.»Talim texnologiyalari»ilmiy uslubiy jurnali 2011 yil 4-maxsus sonida pedagogning «Besh muammoga- bir yechim» nomli murakkab mavzudagi mаqоlаsi  chiqdi.

Dars ishlanmalari va boshqa qo’llanmalar yaratish:

2008-2011 yillar mobaynida 5-6-7-8-9 sinflar kesimida geografiya fanlari uchun yangi ped.texnologiya metodlari asosida 42 tadan ortiq dars ishlanmalari va 12 ta elektron darslik tayyorlandi. 8-9 sinflarda geografiya fanlarini o’qitishda foydalanish  uchun yangi ped.texnologiya metodlari asosida 2 ta metodik qo’llanma tayyorlandi. O’zbekiston Ruspublikasidagi ko’pchilik  ta’lim muassasalari pedagog-xodimlari, jumladan ,geografiya fani o’qituvchilari. Ta’lim samaradorligini ko’tarishda xodimning tajribalardan unumli foydalanib sezilarli ta’limiy siljishlarga erishdilar. O’quv yili davomida  yangidan-yangi dars ishlanmalari, elektron darsliklar, metodik qo’llanmalar yaratib borish, sifatini oshirish ishlari rejalashtirildi. Izlanishlar davom etmoqda…