14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni

Umumta’lim maktabida 14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni bo`lib o`tdi.
8-9 sinif o’quvchilari 14-yanvar Vatan ximoyachilari kuni va Uzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilah Uzbegim yigitlari  tanlovi o’tkazdi.Taniovda 9-sinf o`quvchilari golib bo`ldilar.

Batafsil »

Yoshlarga e`tibor

Ma’lumki, sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, orzu-umidlarini ro`yobga chiqarish masalalari umummilliy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi. Zero, xalqimiz mustahkam oila barpo etish, o`g`il-qizlarini har tomonlama yetuk qilib kamol toptirish, ularning baxtidan quvonishdek ezgu fazilatlarga tayanadi.

Istiqlolning dastlabki yillaridayoq qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g`risida”gi, «Ta’lim to`g`risida”gi qonunlar yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularga jahon andozalari darajasida bilim berish, o`z qiziqishi va intilishiga mos tarzda kasb-hunar egallashga yaqindan ko`maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanganligi ko`rsatib o`tilgan. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi «Ta’lim to`g`risida”gi Qonunining 4-moddasida jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O`zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlangan. Batafsil »

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigi

Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Avvalo, sizlarni umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklab, barcha-barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.
Bugun biz mana shu qutlug‘ ayyomni keng nishonlar ekanmiz, siz, azizlarning bolalarimiz, yosh avlodimizga bilim va tarbiya berishdek o‘ta murakkab, o‘z kasbiga mehr va sadoqatni, butun borlig‘ini bag‘ishlashni, fidoyilikni talab etadigan sharafli mehnatingiz uchun siz, muhtaram muallimlar zoti oldida barchamiz chin qalbimizdan, yuragimizdan sizlarga minnatdorlik bildirishni o‘z burchimiz deb bilamiz.

Batafsil »

1

Alifbe bayrami

8

14

Dars jarayoni

DSC_0096

Dars jarayoni

DSC_0079